Andijonda 181 mingdan ziyod obʼekt xatlovdan ötkazildi
Davlat Kadastr agentligi hamda Kadastrlar palatasi Andijon viloyati boşqarmalari tomonidan viloyatda uy-joy va boşqa köçmas mulk obʼektlarini xatlovdan ötkaziş, huquqiy hujjatlaştiriş işlarini taşkil etiş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2024-yil 5-avgustda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining “Özboşimçalik bilan egallab olingan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inşootlarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi qonunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Kadastr agentligi viloyat boşqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan, joriy yilning ötgan davri davomida viloyatdagi 181 ming 421 ta obʼekt xatlovdan ötkazilgan.

Xatlovdan ötkazilgan obʼektlarning 130 ming 200 tasi “UZKAD” milliy kadastr tizimiga kiritildi. Şuningdek, 90 ming 245 ta obʼekt “E’tirof” avtomatlaştirilgan axborot tizimiga joylaştirildi.
Eng muhimi, ana şu jarayonda 15 ming 340 nafar fuqaroning yer maydonlari va ularda qurilgan bino-inşootlarga bölgan huquqlari eʼtirof etildi.
Qonun ijrosi doirasida amalga oşirilayotgan xatlov jarayoni aholining mulkiy huquqlarini mustahkamlaşga, maʼlumotlarning aniqligi va şaffofligini taʼminlaşga, yer va binolarni davlat röyxatidan ötkazişni soddalaştirişga xizmat qiliş bilan birga, fuqarolarga katta qulaylik yaratmoqda.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri.