Andijon viloyatida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlarini yaxshilash ishlari davom ettiriladi
So‘nggi yillarda bu yo‘nalishga 1,5 trillion so‘m ajratilib, ichimlik suvi qamrovi 93 foizga yetdi. Bu poytaxtdan keyingi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bir million aholining suv ta’minotini yaxshilash uchun kelgusi yildan Xonobod – Andijon magistral quvurining ikkinchi tarmog‘ining qurilishi boshlanadi.
Andijon shahrida kanalizatsiya tarmog‘ining 9 kilometri rekonstruksiya qilinmoqda. Qolgan 15 kilometrini yangilash uchun ham mablag‘ ajratiladi.
Aholi soni o‘sib borayotganini hisobga olib, Oltinko‘ldagi oqova suv tozalash inshootining quvvati ikki barobar oshiriladi.
Mutasaddilarga kelgusi yildan loyihani boshlash topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish davom etmoqda.
O‘zA