Andijon viloyatida eksport hajmi o‘smoqda
Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2 milliard 263,8 ming AQSH dollarni tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 198,9 million AQSH dollari yoki 9,6 foizga o‘sgan.
Ana shu davr mobaynida eksport hajmi 473,9 million AQSH dollarni tashkil qilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,8 foizni, import hajmi 1 milliard 789,9 million AQSH dollarni tashkil etib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 111,6 foizni tashkil etdi.
Eksportda yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham salmoqli o‘rin egalladi.
F.UBAYDULLAEV, O‘zA