Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 19 sentyabr kuni mamlakatimizning ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator topshiriq va vazifalar belgilab berildi.

Andijon viloyatida ham vazifalar ijrosi doirasida turizmni yanada rivojlantirish, yangi turistik maskanlar barpo etish, turizm zonalari hamda turistik yo‘nalishlarni tashkil etish orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirish borasida muhim chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Turizm sohasida olib borilayotgan ishlar natijasida hozirga qadar viloyatga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 70 ming nafardan, mahalliy sayyohlar soni esa 655 ming nafardan ortdi. Umuman, yil yakuni bilan mazkur ko‘rsatkichlarni mos ravishda 90 ming va 922 ming nafarga yetkazish belgilangan.

Transport logistikasi turizmni rivojlantirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, Xitoy davlatidan 80 dona zamonaviy avtobus, 25 dona mikroavtobus olib kelindi. Ular asosan turizm yo‘nalishlariga mos qatnamoqda. Bundan tashqari, joriy yil 10 sentyabrdan Andijondan O‘sh shahriga doimiy mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu albatta, sayyohlar oqimini yanada oshishiga xizmat qiladi. Qirg‘iziston Respublikasining turoperatorlari bilan hamkorlik mustahkamlandi. Qo‘shni davlatdan kelayotgan turistlar Andijonda dam olib, keyin Samarqand, Buxoro, Xorazm singari yurtimizning tarixiy shaharlariga borishga katta qiziqish bildirmoqda. Ana shundan kelib chiqib, qolaversa, videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijondan yurtimizning tarixiy shaharlariga doimiy poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Andijondagi Bobur nomli xalqaro aeroportdan “Andijon – Samarqand – Andijon” yo‘nalishi bo‘yicha parvoz yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan avvalgi yig‘ilishlarda Andijon viloyatida mehmonxona o‘rinlari soni talabga nisbatan kamligi aytib o‘tilgan edi. Shundan kelib chiqib aprel-sentyabr oylarida bu borada qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 204 o‘ringa mo‘ljallangan 1 ta mehmonxona, 300 o‘rinli 33 ta oilaviy mehmon uyi hamda 271 o‘rinli 6 ta xostel barpo etildi. bugungi kunga kelib viloyatda bir vaqtning o‘zida 2,5 mingta mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega 113 ta joylashtirish maskani faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, 4 ta yirik mehmonxonalarda suzish havzalari, sauna va sog‘lomlashtirish markazlari tashkil etilgan. Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha mahalla, korxona va tashkilotlar kesimida alohida reja-tadbirlar ishlab chiqildi.

Andijon tajribasi sifatida o‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilgan hamda piyoda yurishni keng ommalashtirgan namunali mahalla raislari va faollarini Samarqand, Buxoro viloyatlariga sayohatga yuborish yo‘lga qo‘yildi. Hozirga qadar 3 mingdan ortiq mahalla faollari sayohatga bordi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda. Umuman, yil boshidan buyon viloyatdagi tashkilot va korxonalar xodimlarining reja asosida mamlakatimiz bo‘ylab sayohatlari tashkil etildi, hozirgi kunga qadar 30 ming nafar ishchi-xodim sayohatda bo‘lib qaytdi. Ichki turizmni rivojlantirish doirasida Kegeyli tumanining 200 nafardan ortiq ayollari, 100 ga yaqin nuroniylari, shuningdek, “Yoshlar forumi” doirasida 500 nafardan ziyod kegeylilik yoshlarning viloyatga sayohati tashkil etildi.

[gallery-8952]

Viloyatda yangi-yangi turistik yo‘nalishlar tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, har bir tuman, shahar doirasida o‘ziga xos turizm ob’ektlari va yo‘nalishlari tashkil etilmoqda. Sayyohlarning vaqti va sayohat maqsadlaridan kelib chiqqan holda “kichik halqa” va “katta halqa” turizm yo‘nalishlari ishlab chiqildi.

Masalan, kichik halqa yo‘nalishi doirasida sayyohlar Andijon shahridagi Bog‘i Bobur istirohat bog‘i, eko park, tunu-kun faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasi, “Navro‘z”, “O‘zbegim”, muz saroyi singari ko‘ngilochar maskanlar, hunarmandchilik-temirchilik ko‘chasi, Bobur uy-muzeyi, “Qal’a” yodgorligi, “Jome” me’moriy majmuasi, “Ahmadbek hoji” mehmonxonasi, “Mirpo‘stin ota” ziyoratgohi bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Viloyatda eko va agro turizm yo‘nalishlari rivojlanmoqda. Jumladan, ekoturizmni rivojlantirish maqsadida Shahrixonsoy kanalining Xo‘jaobod, Shahrixon, Asaka va Bo‘ston tumanlari hududidan o‘tuvchi 5,5 kilometr qismi 114 ta lotlarga bo‘linib, dam olish maskanlari barpo etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. bugungi kunga kelib ularning 20 tasi foydalanishga topshirildi.

Bo‘ston tumanidagi O‘rmon xo‘jaligiga tegishli 6,5 gektar yer maydoni ekoturizmni rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga mehmon uyi, o‘tov va tabiiy cho‘milish joylarini qurish uchun ijara shartnomasi asosida ajratib berildi. Hozirda ushbu hududda qurilish ishlari olib borilmoqda. Etnoturizm yo‘nalishi bo‘yicha Xo‘jaobod tumanidagi Imom ota qishlog‘i turizm qishlog‘iga aylantirilmoqda. Qishloqni obodonlashtirish, turistik ob’ektlar barpo etish, infratuzilmasini yaxshilash uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 30 ta oilaviy mehmon uylari, 1 ta xostel va 50 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi tashkil etildi.

Ayniqsa, Xonobod shahrida turizmni rivojlantirish, Xonobodni Farg‘ona vodiysining turizm markaziga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Layf Xonobod” investitsiya va turistik loyihasi doirasida 1-bosqichda "Voter Layf Mineral" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qadoqlangan mineral suv ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda esa ushbu ob’ektda umumiy loyiha qiymati 10 million dollarga teng 50 o‘rinli mehmonxona va akvapark qurilishi bo‘yicha loyihalar tayyorlangan. Ayni paytda Xonobod shahridagi “Fozilmon ota” ziyoratgohida sayyoh va ziyoratchilarning ko‘ngilli hordiq chiqarishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, Kampirrovot mahallasida 66 gektar maydonda umumiy qiymati 35 million dollarga teng loyiha doirasida “Sun’iy ko‘l”, dam olish va ko‘ngilochar maskanlar, shuningdek, oilaviy mehmon uyi, ekoturistik maskanlar barpo etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ana shu ishlar amalga oshirilishi bilan kelgusida Xonobodda yiliga 1,8 million nafar sayyohning dam olishi uchun imkoniyat yaratiladi. Bundan tashqari, Xonobod shahrining Kampirrovot, Yangi hayot, Anhor, Xontog‘ mahallalari turizm hududlar sifatida tanlab olindi. Ushbu hududlarning infratuzilma va kommunikatsiya ob’ektlarini ta’mirlash va yangilash bo‘yicha texnik shartlar tayyorlandi. Viloyatda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublika miqyosida turli festival va madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Joriy yilning iyun oyida viloyatning o‘ziga xos brendiga aylangan “Andijon polkasi” raqsining 100 yilligi hamda xalq raqs ansambli tashkil etilganligining 65 yilligi keng nishonlandi. Joriy yilda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha Xonobod shahrida I Xalqaro ekoturizm forumini o‘tkazish, 2023 yil aprel oyida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’at festivali tashkil etish rejalashtirilgan.

Turizmning rivojlanishi ko‘p jihatdan mazkur sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislarning malakasiga bog‘liq. Shu ma’noda malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Andijon davlat universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida bakalavriat yo‘nalishida turizm ta’lim yo‘nalishlari ochildi. Ayni kunda ushbu oliygohlarda 250 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Bundan tashqari, Belorus davlati Polotsk davlat universiteti bilan turizm yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etilgan. Unda 21 nafar talaba o‘qimoqda. Umuman, bugungi kunda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini beradi. Jumladan, 2023 yilda viloyatga keluvchi xorijlik turistlar sonini 110 ming nafarga, mahalliy sayyohlar sonini 1,1 million nafarga, turizm xizmatlari eksporti hajmini 23,3 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Buning uchun esa viloyatda imkoniyat ham, salohiyat ham yetarli. Faqatgina undan samarali foydalanilsa ko‘zlangan maqsadga albatta, erishiladi.

Azizbek Maksumov,

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari,

Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Andijon viloyati: turizm, imkoniyat va imtiyozlar