Yurtdoshlarimizga mamlakatimizning tarixiy shaharlariga sayohat qilishlari hamda ularga yanada ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida, 2021 yil 22 avgustdan boshlab, “Andijon-Termiz-Andijon” yo‘nalishida 660/659-sonli yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”  aksiyadorlik jamiyatining xabar qilishicha, haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli  yo‘lovchi poyezdi Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan o‘tib, Termiz shahriga yetib boradi.  

Shuningdek, 659-sonli yo‘lovchi poyezdi 23 avgustdan boshlab, har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.    

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Andijon-Termiz-Andijon” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi