Andijon viloyatining Xonobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Dunyo sadolari” III xalqaro milliy estrada san’ati festivali munosabati bilan aholiga qulaylik yaratish maqsadida “Xonobod – Andijon” yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.
Aholi hamda yurtimizning turli hududlaridan festivalga keluvchi mehmonlarning Andijondan Xonobod shahriga tez va xavfsiz borib -kelishini, festival va festival doirasidagi tadbirlarda bevosita qatnashish imkonini yaratish maqsadida 15, 16 va 17 avgust kunlari “Andijon” temir yo‘l vokzalidan “Andijon-Xonobod” yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi reyslar amalga oshirilishi belgilandi:

1- reys. Ketish: 07.00 da, qaytish: 10.00, 16.00 va 22.00 da.
2- reys. Ketish: 13.00, qaytish: 16.00, 22.00 da.
3- reys. Ketish: 19.00, qaytish: 22.00 da.
Aholi, san’at muxlislari uch kun davomida ushbu qulaylikdan foydalanishi mumkin.
F. Ubaydullayev, O‘zA muxbiri