Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 27-turidan o‘rin olgan "Andijon" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi.
Jumladan, “Bobur-arena” stadionida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda mehmonlar vakili Dominik Begich 58-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan o‘n daqiqa o‘tib, mezbonlar vakili Abduvohid G‘ulomov hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng, “Andijon” ochkolarini 29 taga yetkazib oldi. “Buxoro” esa o‘zining 25 ochkosiga ega bo‘ldi.
Bugun, 2 noyabr kuni milliy chempionatimizning 27-turida “Neftchi” – “Surxon”, “Mash’al” – “Qo‘qon-1912”, “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” klublari o‘rtasidagi bahslarga guvohi bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA