Anchelotti “Real Madrid” bazasiga tashrif buyurdi
Anchelotti 2025-yilda “Real Madrid” bosh murabbiyligidan ketib, keyinchalik Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real Madrid” qarorgohiga tashrif buyurdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
67 yoshli italiyalik mutaxassis ayni paytda Valdebebasda bo‘lib, “Real Madrid”ning mashg‘ulotini kuzatadi. Anchelotti madridliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan birga ko‘rinish bergan.
Anchelotti 2025-yilda “Real Madrid” bosh murabbiyligidan ketib, keyinchalik Braziliya terma jamoasini qabul qilib olgandi.
“Qirollik klubi” navbatdagi uchrashuvini 4-sentabr kuni safarda “Betis”ga qarshi o‘tkazadi.