“Anadolu” Emina Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifini yoritdi
“Anadolu” axborot agentligi Turkiya Prezidenti rafiqasi Emina Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga tashrifi davomidagi tadbirlari hamda Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga ziyorati haqida materiallar e’lon qildi.
Agentlik Turkiy birinchi xonimining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekistonga tashrifi yuzasidan qoldirgan fikrlarini keltirgan. U mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash va bolalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan yangi tashabbuslarga hissa qo‘shishiga umid bildirgan.
Nashrda Samarqandda o‘tkazilgan bolalar farovonligiga bag‘ishlangan jahon sammiti, “Imkon” reabilitatsiya markazi va maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi beshinchi filialining ochilishi hamda O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirishga oid islohotlar ko‘rgazmasining tashkil etilishi muhim voqelik sifatida e’tirof etilgan.
Shuningdek, agentlik Emina Erdo‘g‘onning Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga ziyorati aks etgan alohida videoni ham e’lon qildi.
D.HAKIMOV,
O‘zA