Amudaryo sohillarida betakror kuz manzaralari
Yurtimiz tabiati har faslda o‘ziga xos go‘zal. Ayniqsa, jilvakor kuzning chiroyi o‘zgacha.
Oltin kuz nafasini Amudaryo sohillarida kuzatishning gashti bo‘lak.
[gallery-14069]
Sohil bo‘ylab sayr qilsangiz barglari qizg‘ish va sarg‘ish tusga kirgan dov-daraxtlar, qushlarning sayrashi, quyilib oqayotgan suvning mayin ohangidan ajib sokinlik tuyasiz. Xazonga aylangan yaproqlar shitir-shitiri qalbingizga xush yoqadi, xayollar og‘ushiga sizni yetaklaydi. Oylar, yillarni ortda qoldirgan xotiralar sarhisobiga g‘arq bo‘lasiz.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/4xHh_MVkoUA" title="Amudaryo sohillarida betakror kuz manzaralari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA fotomuxbiri
Maqsad HABIBULLAEV videolavhasi