Amputantlar futboli: bugun boşlangan Jahon çempionatida Özbekiston jamoasi iştirok etmoqda
Bugun, 15-noyabr kuni Mekcika San-Xuan-de-los-Lagos şahrida 24 ta mamlakatning jamoalari iştirokida amputantlar futboli böyiça Jahon çempionati musobaqalari boşlandi.
Keça mazkur çempionatning tantanali oçiliş marosimi taşkil etildi.
Çempionatga taşlangan qurʼa natijasiga köra, Özbekiston amputantlar futbol jamoasi “Ye” guruhida AQŞ, Urugvay va Marokaş jamoalari bilan joy oldi.
Bugun, 15-noyabr erta saharda mamlakatimiz vakillari ilk öyinni AQŞ terma jamoasiga qarşi ötkazdi. Qiziqarli keçgan bahsda hamyurtlarimiz okean orti vakillariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Endi Özbekiston amputantlar futbol jamoasi ertaga, 16-noyabr kuni Urugvay va 17-noyabrda Marokaş terma jamoalari bilan kuç sinaşadi.
Çempionat 22-noyabrga qadar davom etadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston amputantlar futbol jamoasi 1990, 1991, 2007, 2010 va 2012-yilgi jahon çempionatlarining ğolibi sanaladi.
T. Röziyev, ÖzA