MUNOSABAT

Ochig‘i, hammamiz yaxshi biladigan va har doim ham rioya qilavermaydigan amallarimizdan biri – kechirimlilikdir. Kechirimlilik, avvalo, Allohga xos oliy fazilat bo‘lib, inson uchun ham eng oliy ziynatdir. Kechirimli shaxslar ma’naviy pahlavondirlar...

Bizning ana shunday odamiylik, insonparvarlik qadriyatlarimizga asoslangan siyosatimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. Unda kechirishning ikki turi nazarda tutilgan. Oliy hujjatning 93-moddasi 23-bandiga muvofiq Prezident: birinchisi amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi; ikkinchisi  O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi.

Xo‘sh, amnistiya nima-yu, afv nima? 

Amnistiya akti kechirishning bir ko‘rinishi bo‘lib, Prezidentning taqdimnomasi asosida Oliy Majlis Senati tomonidan ma’lum turdagi jinoyatlar uchun qoida tariqasida yiliga bir marta ma’lum bir sana munosabati bilan jazodan to‘liq yoki qisman ozod qilishgacha darajada yalpi joriy etiladigan yengillik berish orqali kechirish.

Afv esa Prezident tomonidan istalgan vaqtda jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan mahkumlarni jazodan ozod etish yoki boshqacha yengillik berish orqali kechirish.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bu insonparvarlik aktlari kimga foyda-yu, kimga ziyon? Kimning manfaati uchun xizmat qiladi? Jamiyatga nima beradi?

Amnistiya akti ko‘plab turdagi jinoyatlarni sodir qilgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumlar uchun juda foydali bo‘lib, jabrlanuvchilarning manfaatlari nazarda tutilmaydi. Chunki, uning shaxsi, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi (o‘ta og‘ir jinoyatlar bundan mustasno), jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar va boshqa jihatlari e’tiborga olinmagan holda umumiylik asosida qo‘llaniladi. Bu, albatta, jinoyat sodir etganlar yaxshi ko‘radigan, ammo jamiyatga xavfi ko‘proq (jinoyat sodir etib, umuman jazoni o‘tamasdan ham qutilib ketish, qilmishidan pushaymon bo‘lmaslik, zararlarni qoplamaslik, yana jinoiy faoliyatini davom ettirish kabi salbiy xususiyatlarga ham ega) bo‘lgan kechirim turi hisoblanadi.

Afv akti esa o‘zining xalqchilligi bilan ahamiyatlidir. Bunda, davlat, jamiyat, xalq va jabrlanuvchilar manfaati ustunlik qiladi. Afv aniq mahkum yoki bir guruh mahkumlarga nisbatan qo‘llanilishi, bunda har bir mahkumning sodir etgan jinoyati oqibatlari, jazoni ijro etish muassasasi xulosasi, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tganligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarning qoplanganligi, Prezidentdan, ayrim hollarda xalqdan kechirim so‘raganligi, kelgusida bu yo‘lga boshqa kirmaslik haqidagi va’dalari kabi jihatlar ham e’tiborga olinadi.

Mustaqillik yillari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1991 yil 1 marta, 1992 yil 2 marta, 1995-2016 yillarda 1 martadan amnistiya akti e’lon qilingan. Ularning 1991-2004 yil davomida e’lon qilinganlari o‘sha vaqtda amal qilgan konstitutsiyaviy normalarga muvofiq Prezident farmonlari, 2005-2016 yillarda e’lon qilingan amnistiya aktlari Senat qarorlari asosida amalga oshirilgan. 1994 yil 19 avgustda Prezident tomonidan afv e’lon qilingan, ammo mazkur farmon ham mazmunan amnistiya aktini takrorlagan. 

Albatta, bu amnistiya hujjatlari o‘z davrida insonparvarlik akti sifatida e’lon qilingan. Ammo, bu amaliyot tizimli tus olganligi jinoyat sodir etganlarning jazodan qutilib qolishiga sharoit tug‘dirgani ham haqiqatdan yiroq emas...

O‘sha yillarda prokuratura va odil sudlov organlarida ishlab guvoh bo‘lgandim-ki, jinoyat qilganlar har yili amnistiya e’lon qilinishiyu uning asosida jazodan qutilib qolishini oldindan bilishardi. Ayniqsa, tergov va sud organlari atrofida payt poylab yuradigan ayrim firibgarlar uchun bu amaliyot juda qo‘l kelardi ham. Jazodan qutilib qolishini bilgan ko‘plab gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilar surishtiruv va tergov, shu jumladan, sud tergovi jarayonlarida jabrlanuvchidan kechirim so‘rash, yetkazilgan zararlarni qoplash o‘rniga bepisandlik ko‘rsatishgan hollari ham ko‘p bo‘lgan.

Ochig‘ini aytish kerak, amnistiya bilan jazo muddatlarining qisqartirilishidan tashqari aksariyat hollarda qasddan sodir etiladigan va jazo sanksiyasida besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo nazarda tutilgan, shuningdek, muddatidan qat’i nazar, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha gumonlanuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, mahkumlar asosiy jazodan to‘lig‘icha qutilib ketardi. Bu esa, mazkur ishlar bo‘yicha jabrlanuvchilarning haqli e’tirozlariga, norozichiliklariga sabab bo‘lardi.

Yoppasiga amnistiya berish boshqa xalqlarda ham qo‘llaniladigan amaliyot. Ammo bu amaliyotning jabrlanuvchilar va jamiyat manfaatlariga har doim ham mos kelmasligini e’tiborga olgan Prezident Shavkat Mirziyoyev amnistiya amaliyotini afv amaliyotiga almashtirdi. 

Pirovardida, Yangi O‘zbekiston siyosatiga afv instituti yangi amaliyot sifatida kirib keldi. Bu institut demokratik tuzum qaror topgan, insonparvarlik va adolat tamoyillariga amal qilinadigan yurtda tarbiyaning yangi va samarali usuli sifatida qo‘llanilmoqda.

Vaholanki, aybiga iqrorlik va kechirim so‘rash – xatoni to‘g‘rilashning avvalidir.

Afv – bu aybdorni kechirish, qilmishidan qattiq pushaymon bo‘lganning uzrini qabul qilishdir. Bu institutning afzalligi, ikki tomon manfaatlari uchun adolatli yondashuv bo‘lib, jabr yetkazuvchi va jabr ko‘ruvchilar manfaatini bir xilda himoya qiladi. Eng muhimi, bu akt uning nomidayoq bayon qilinganidek, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan mahkumlarga nisbatangina qo‘llaniladi.

Ha, adolat adolatli bo‘lishi kerak. O‘shandagina jamiyat rivojlanadi, odamlar rozi bo‘ladi.

Prezidentning “Keling, o‘zimizga bir savol beraylik: aslida, odamni sud qilishdan maqsad nima? Uni tarbiyalash, to‘g‘ri yo‘lga solish emasmi?, degan so‘zlari tom ma’nodagi haqiqat va adolatdir. Shu sababli mahkumlarni afv etishga qaratilgan va O‘zbekiston tarixida birinchi marta amaliyotga joriy etilgan afv etish institutining maqsadi tarbiyaga, kechirim so‘rashga va kechirimni qabul qilishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

Natijada, Prezident Shavkat Mirziyoyevning afv etish haqidagi farmonlari asosida 2019-2020 yillardabir necha yuzlab mahkumlar afv etildi. Joriy yilning Navro‘z bayrami arafasida ham 140 nafar mahkumga nisbatan afv akti qo‘llanilganligi bu mamlakatda hech bir inson e’tibordan chetda emasligining dalolatidir.

Darhaqiqat, jinoiy yo‘llarga kirib qolgan, endilikda o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan fuqarolarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlar jarayonida afv qilish orqali oilasi va jamiyat oldidagi ma’naviy qarzini uzish uchun imkoniyat berilmoqda. Zero, jazodan ham, afvdan ham maqsad bitta – tarbiya.

Abdukamol RAHMONOV,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amnistiya nima-yu, afv nima?