9 aprel – Amir Temur tavalludi kuni

Donishmandlik ramzi

Amir Temur olimlarga xayrixoh munosabatda bo‘lar, bilimi va halolligini ko‘rgan olimlarga ishonar edi. U tarixchi va faylasuflar, ilm-fan va ma’muriy sohada bilimdon bo‘lgan kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtidan ham tushardi. Amir Temur o‘zidagi kishilarni bo‘ysundirish qobiliyatiga ularni o‘z hukmronligi ostida baxtiyor qilish iste’dodini ham qo‘shgan edi. (Lui-Matyo Langle)

Shatranj o‘yini

Amir Temur ko‘p vaqtini shatranj o‘yini ustida o‘tkazgan. U o‘z davrining mashhur shatranjchilari bilan bemalol bellasha olgan. (Xilda Xukxem)

Olimlarga e’tibor

Amir Temur faqat mahalliy mualliflarnigina rag‘batlantirmay, balki o‘z poytaxtiga chet el olimlari va shoirlarini ham jalb etdi hamda ularning hammasiga hotamtoylarcha mukofotlar hadya etar va o‘z shaxsiy e’tibori va homiyligi bilan ularni qo‘llab-quvvatlardi. Ana shu olimlarning ayrimlari Amir Temur saltanatida o‘z vatanidagidan ko‘proq ta’minlangan edi. (G. Vamberi)

Ilmga rag‘bat

Amir Temurning aqliy qobiliyatlari va qiziqishlari ko‘lami kishini ayniqsa hayratga soladi. Uning hukmdorligi bitilgan tarixlarda tibbiyot, astronomiya va, ayniqsa, arablar, forslar va turkiylar tarixi sohasidagi bilimlari madh etiladi. U zavq bilan olimlarning munozaralariga kirishib, ko‘pincha g‘olib chiqardi... (V.F. Mans)

San’atga e’tibor

Amir Temur san’atni yuksak qadrlar edi. Uning o‘zi badiiy asarlar majmuasiga ega edi. Turli toifadagi mashshoqlar, suxandonlar, haykaltaroshlar, bog‘bonlar, rassomlar jahonning har xil davlatlaridan Amir Temur saroyiga to‘plangan edilar. (Xilda Xukxem)

Faqat haqiqat

Sayyidlar, olimlar, faqihlar va bilim egalari, shuningdek, uyg‘ur baxshilariyu fors adiblari Sohibqironga safarda ham, uyda ham uzluksiz mulozimlikda bo‘lgan ekanlar. Farmonga muvofiq ulardan bir guruhi muntazam ravishda ul Hazratning yurish-turishi va gap-so‘zlarida, mulk, millat va arkoni davlat ahvolida nimaiki gap bo‘lsa, to‘la-to‘kis yozib borardilar. Bu ishda mubolag‘a qilinmasin, deb alohida ta’kidlab buyurilgan edi. Shu yo‘sinda turkiy manzuma va forsiy qissa, har biri ul Hazratning yurish-turishidagi eng yirik voqealarni qamrab olgan nazm va nasr qalamiga olingan edi. (Sharafuddin Ali Yazdiy)

Jonboz quruvchi

Amir Temur jonboz quruvchi edi, u ajoyib bog‘-rog‘li muhtasham inshootlar barpo etdi, shahar va qishloqlarni tikladi. Sug‘orish tizimlari barpo etildi va ta’mirlandi, rasmiy tarix ta’biriga ko‘ra, u ekin ekishga yaroqli bir qarich yerni ham bekor qo‘ymasdi. (Sharqshunos, manbashunos olim V.V.Bartold)

Poytaxt

1370 yil martida Amir Temur Samarqandga qaytib, uni o‘z davlatining poytaxti qilib, keyin qonunlarni va o‘z hokimiyati davlat tuzumini tartibga soldi. (Ibn Arabshoh)

Savdo yo‘li

Samarqand XV asr boshlarida Osiyo va Yevropa xalqlarining Markaziy Osiyo orqali olib borgan keng ko‘lamdagi savdosining markazi bo‘lgan. Samarqanddan Kichik Osiyoga, O‘rta dengizga, Xitoyga va Hindistonga olib boruvchi jahon ahamiyatiga molik savdo yo‘llari o‘tgan. (Professor N.I. Leonov)

Kuch — adolatda

Barcha buyuk sarkardalar singari Amir Temur ham o‘z askarlarining mashaqqat va zafarlarini baham ko‘rardi. Ulardan qat’iy intizomni talab qilar,  ularga bosh bo‘lib jang qilar edi. Hech vaqt o‘z jangchilarini yolg‘iz qoldirmas edi. U lavozimi, boyligi, irqi, dinidan qat’i nazar, barcha uchun adolat bir bo‘lishini nihoyatda sinchkovlik bilan kuzatib borar edi. ...Bunday hukm chiqarish odati, o‘z davri eng yaxshi sarkardasining jasorati va shuhrati singari, uning jangchilar o‘rtasidagi e’tibori va ta’sirining tarkibiy qismlaridan biri hisoblanardi. (Keren Lyusen)

Shahrisabz hokimi

O‘ziga xos vatanparvarlik hissiyotlari bilan ruhlangan, ijtimoiy voqealarni o‘zicha tushungan tadbirkor Amir Temur 25 yoshida Shahrisabz hokimligiga muyassar bo‘ldi. (I.Mo‘minov)

Jasur shaxs

Amir Temur yoshligidayoq aqlining tiniqligi va jasurligi bilan ajralib turardi. Unda harbiy iste’dod erta namoyon bo‘ldi, u otda yurish mashqini olgan va kamondan otishga mohir edi. (Aleksandr Yurevich Yakubovskiy)

E’tirof

Deyarli bartaraf etib bo‘lmaydigan ikki g‘ov, bizning taassub va tarixning yanglishligi – bizning Amir Temurni bilishimizga va baholashimizga monelik qildi. Biroq ko‘pgina mualliflarning o‘z solnomalarida uni soxta bayon etganliklari muhim emas, axir uning nomi millatlar voqeanomalarida o‘chmas yozuvlarda qayd etilmaganmi?! Axir, avlodlari foydalanib kelgan zafarlari uning buyuk zakovatini isbotlash uchun yetarli emasmi? (Lui-Matyo Langle)

Manba : “Temur tuzuklari” 2016-2021 – www.temurtuzuklari.uz

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur haqida qiziqarli ma’lumotlar