Vatanimiz tarixidagi 27 iyun sanasi bilan bog‘liq boshqa ayrim qiziqarli voqealar bayoni.

27 iyun – O‘zbekiston Respublikasi matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Mazkur sana matbuot va ommaviy axborot vositalarining davlat istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etish, yangi demokratik jamiyat qurishda, aholini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlarini e’tirof qilgan holda belgilangan. Ushbu kasb xodimlari kunini belgilash to‘g‘risidagi Qonun 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan. O‘zbekistonning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘z kasb bayramlarini ilk bor 1994 yilda nishonlaganlar.

1425 yil (bundan 590 yil oldin) – Mirzo Ulug‘bek Yettisuvga qilingan yurishdan Samarqandga qaytib keldi va g‘alabani tantanali ravishda nishonladi. Mo‘g‘uliston urushi Mirzo Ulug‘bek olib borgan jiddiy urushlarning birinchisi va so‘nggisi edi. Uning yurish davrida qo‘lga kiritgan o‘ljalari orasida ikki bo‘lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik Ulug‘bek bu nefritdan Amir Temur dahmasi uchun qabr toshi yasattirgan.

1906 yil (bundan 119 yil oldin) – taraqqiyparvar Ismoil Obidiy muharrirligi ostida birinchi o‘zbek milliy gazetasi “Taraqqiy”ning birinchi soni chop etildi. “Bu gazeta tez fursatda shunday shuhrat qozondikim, – deb yozadi Abdulla Avloniy, – hatto gazeta muharriri bo‘lgan Ismoil Obidiyga “Taraqqiy” ismi berildi. Hozirgacha xalq Ismoil Obidiyning ismiii “Taraqqiy” deb yuritadur”. Gazeta mahalliy yoshlarga o‘z sahifasidan keng o‘rin berdi. Uning yaqin hamkorlaridan biri Munavvarqori edi. 

“Taraqqiy” gazetasi 1906 yil 27 iyundan 1906 yil 20 avgustga qadar faoliyat yuritdi. U haqiqiy ma’noda taraqqiyparvar mahalliy xalq manfaatini ifoda etgan milliy gazeta edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, “Taraqqiy” gazetasi tashkil topgan sana – 27 iyun mamlakatimizda “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” deb e’lon qilingan.

1936 yil (bundan 89 yil oldin) – SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Xalq Komissarlari Kengashi “Tug‘ruqxonalar, bolalar yasli-bog‘chalar tarmoqlarini kengaytirish haqida” qaror qabul qildi. Mazkur qaror asosida maktabgacha tarbiya muassasalari qurilishi, ularning tarmoqlarini kengaytirish va tashkiliy ishlariga turli rasmiy idora va tashkilotlar jalb etildi. O‘zbekistonda birinchi marta 1936 yildan boshlab umumiy tipdagi bolalar bog‘chalari qurish ishlari boshlandi.

1941 yil (bundan 84 yil oldin) – O‘zbekiston Ichki ishlar xalq komissarligi tomonidan maxsus buyruq chiqarilib, unga asosan Toshkent militsiya maktabining 68 nafar 2-bosqich talabalari iyun oyida muddatidan oldin o‘qishni tugatib, militsiya organlarida ishlash uchun yo‘llanma oldi. 

1945 yil (bundan 80 yil oldin) – Oder daryosini kechib o‘tishda alohida ko‘rsatgan jasorati uchun Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Mamasharif (Mixail) Fayozov (1925 – 1990)ga Qahramon unvoni berildi. Ammo Oltin yulduz egasini ikki yil qidirdi. 

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945 yil 27 iyundagi farmonida Fayozovning ismi Mixail deb yozilgandi. Sababi Dnepr sohilidagi jangda do‘sti Mixail Aleynikov uni dushman o‘qidan saqlayman deb halok bo‘lganda Mamasharif jangovar do‘stining nomini qabul qilgandi. Barcha hujjatlarda Mixail Fayozov yozilib, do‘stlari ham shunaqa deb atashardi. Shu boisdan Chust harbiy komissariatiga kelgan yo‘qlov qog‘ozida Mixail Fayozov yozilganidan “Bizda bunday kishi no‘q”, degan javob olingan. 

Nihoyat 1946 yilning dekabrida Mamasharif Fayozov Chust harbiy komissariatida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotganida Oltin yulduz uni topdi. 1979 yilning iyunida Chustga yana bir xushxabar keldi. 1944 yilda Dnepr sohilidagi matonati uchun “Qizil yulduz” ordeniga tavsiya qilingan Fayozovga mukofot 35 yildan keyin topshirildi.

1995 yil (bundan 30 yil oldin) – Toshkent shahri va Xitoyning Shansi viloyatlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Yoshlar-kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida”, “«Obod mahalla» dasturi to‘g‘risida” Farmonlari imzolandi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Temur dahmasidagi nefrit qabrtoshi qayerdan olib kelingan?