Vatanimiz tarixidagi 7 fevral sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1220 yil (bundan 805 yil oldin) – mo‘g‘ullar tarixiy manbalarda “Sharq mamlakatlarining islom qubbasi va shu mamlakatlarning tinchlik shahri, musulmonlar ahli shaharlarining onasi” (“Quvvatul islom fi bilodi-sh-sharq va madinatus-salom xazihil-bilod va ummu jami’il-mudunil-muslimin”) deya ulug‘langan Buxoro shahri qamalini boshladi. Xorazmshoh Aloviddin Muhammad Buxoro mudofaasiga amir Ixtiyoridin Qushlu va hojib O‘g‘ul Inonchlar boshchiligida 30000 kishi ajratgan edi (bu raqam Nasafiyning ko‘rsatishicha, Juvayniy esa Buxorodagi Xorazm qo‘shinlarining soni 20 ming kishidan oshmas edi, deb ko‘rsatadi). Buxoro devorlari yonida qamal janglari uzluksiz uch kun davom etdi.

1670 yil (bundan 355 yil oldin) – Xiva xoni Anushaxon Rossiya podshosi Aleksey Mixaylovich nomiga maktub yozib, unda Rossiyadan Ivan Fedotov boshchiligida kelgan elchilar guruhiga javoban Moskvaga Xiva elchiligini jo‘natish hamda Xiva bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo-sotiq uchun o‘zaro qulay shart-sharoitlar yaratish haqida qayd etdi.

1868 yil (bundan 157 yil oldin) – Buxoro amiri Muzaffar Rossiya imperiyasi bosqiniga qarshi kurashda yordam so‘rab Turk sultoniga maktub yozdi. Mazkur forscha maktub jami 14 kishi tomonidan imzolangan edi. Uni elchi Xoja Muhammad Porso Turk hukumatiga topshirdi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Buxoro amiri o‘z davlati mustaqilligini saqlab qolish uchun nafaqat Turkiya, balki Angliya, Fransiya va Italiyaga ham harbiy-siyosiy aloqalar o‘rnatish takliflari bitilgan nomalar jo‘natgan. Biroq bularning hech biri natija bermagan.

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – xalq xo‘jaligida radionuklidlardan foydalanishni yanada rivojlantirish, shuningdek, atrof-muhitni radioaktiv ifloslanishdan muhofaza qilish, radioaktiv chiqindilarni uzoqlashtirish va zararsizlantirish maqsadida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutining radioaktiv chiqindilarni ko‘mish Respublika punkti mustaqil tashkilotga – yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan tashkilotga aylantirildi.

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining Fpansiya Respublikasi bilan siyosiy, ilmiy-texnikaviy va madaniyat sohalapidagi hamkoplik dastuplapini muvofiqlashtipish va jadal po‘yobga chiqapish maqsadida Fpansiya bilan hamkoplik masalalapi bo‘yicha idopalapapo komissiya tashkil etildi.

2007 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo daryosining suvini muhofaza qilish zonasini va sohilbo‘yi mintaqasini belgilash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2017 yil (bundan 8 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda jamiyatda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni yuritish kabi besh ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.

2018 yil (bundan 7 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga asosan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019–2029 yillarda O‘zbekiston Respublikada atom energetikasini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “«Boysun bahori» xalqaro folklor festivalini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturning asosiy maqsadi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi Deklaratsiyasi qoidalari va inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichini amalga oshirish, shuningdek, aholi barcha qatlamlarining inson huquqlari va erkinliklari to‘g‘risidagi milliy va xalqaro standartlar to‘g‘risida xabardorligini, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

2024 yil (bundan 1 yil oldin) – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti unga Toshkent moliya instituti va Fiskal institutni qo‘shib olish yo‘li bilan qayta tashkil etildi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Amir Muzaffar Angliya, Fransiya va Italiya kabi davlatlarga nega nomalar jo‘natgan?