Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
–Ko‘rib turganingizdek, Qashqadaryoda amalga oshirishni rejalashtirgan ishlarimiz ko‘lami keng. Lekin bugungi shiddatli o‘zgarishlar zamoni bizdan yanada ko‘proq izlanishni taqozo etayapti.
Belni mahkam bog‘lab ishga kirishsak, biz ololmaydigan marra, biz zabt eta olmaydigan dovonning o‘zi yo‘q.
Amir Temurdek buyuk ajdodimizdan jasorat, matonat, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni meros qilib olgan mehnatsevar, samimiy va olijanob Qashqadaryo ahli bilan oldimizga qo‘ygan katta-katta marralarga, albatta, erishamiz. Aminmanki, qashqadaryoliklar barcha islohotlarimizning oldingi safida bo‘ladi, – dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.
Yig‘ilishda viloyat va respublika mutasaddilarining hisobotlari, tadbirkor va faollarning takliflari tinglandi.
O‘zA