Amerikaliklar farzandlari uchun qancha pul sarflaydi?
AQSHda bolani 18 yoshgacha tarbiyalash xarajati 300 000 dollardan oshdi. Bu 2025-yilga nisbatan qariyb 2 foiz ko‘p, deb yozgan "Kazinform" agentligi.
“LendingTree” kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, 2026-yil voyaga yetmagan bolani tarbiyalash qiymati 303 418 dollar yoki yiliga o‘rtacha 16 857 dollarni tashkil qiladi, deya xabar berdi “CBS News”.
Ushbu me’yor soliq imtiyozi hisobga olingan holda, AQSHda yiliga taxminan 100 000 dollar o‘rtacha daromadga ega ota-onaning odatiy sarfiga asoslangan. Tahlil uchun belgilangan muddat farzand 18 yoshga to‘lganda tugashi sabab, kollej xarajati shu miqdorga qo‘shilishi mumkin.
AQSHda kollejda tahsil olish yiliga taxminan 38 000 dollarga tushadi. Demak, umumiy sarf 152 000 dollarga oshadi.
Keyingi yillarda Amerika oilalari farzand tarbiyasi bilan bog‘liq moliyaviy qiyinchilikni boshdan kechirmoqda. Fevral oyida o‘tkazilgan “CBS News” so‘rovida respondentlarning 77 foizi bolani tarbiyalash avvalgi davrga qaraganda qimmatga tushayotganiga e’tibor qaratgan.
Ta’kidlanishicha, bu borada ko‘p jihatlar mintaqaga bog‘liq. Uch shtat – Alyaska, Kanzas va Montanada xarajat o‘tgan yilga nisbatan 20 foizdan ko‘proq oshgan, Gavay farzand tarbiyalash uchun eng qimmat shtat ekan. Bu hududda oilalar 2026-yil ayni maqsadga o‘rtacha 412 661 dollar sarflashi kerak bo‘ladi.
2024-yil Amerika xonadonlarida o‘rtacha daromad 83 730 dollarni tashkil etgan. Bola tarbiyachi esa AQSHda o‘rtacha uy narxiga yaqinlashmoqda: 31-yanvar holatiga ko‘ra, 356 000 dollar.
G.Sattorova, O‘zA