Amerikalik mahbus qatl etildi
AQSHda 2000 yilda politsiya xizmatchisi hayotiga zomin boʻlgani uchun oʻlim jazosiga hukm etilgan mahbus seshanba kuni qatl etildi.
AQSHda 2000 yilda politsiya xizmatchisi hayotiga zomin boʻlgani uchun oʻlim jazosiga hukm etilgan mahbus seshanba kuni qatl etildi. Bu haqda Texas shtatining jinoiy ishlar boʻyicha adolatli sudlov departamenti saytida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, qotillik uchun 50 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan Jozef Kristofer Garsiya 2000 yilda 6 sherigi bilan Texasdagi qatʼiy tartibdagi qamoqdan qochib ketadi. Shundan soʻng qochoq mahbuslar doʻkonni tunayotib, 31 yoshli politsiya xizmatchisini otib oʻldiradi.
Sudda Garsiya oʻz aybiga iqror boʻlmaydi, qotillikni sheriklariga yuklaydi. Ammo shtat qonunchiligiga koʻra, garchi Garsiya faqat oʻgʻrilik sodir etishda ishtirok etgan boʻlsa-da, qotillik jinoyatiga boshqa sheriklari kabi teng ravishda aybdor sanaladi.
"deathpenaltyinfo.org“ saytining maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda AQSHda 23 nafar mahbus qatl etilgan.