Amerikalik ekspertlar KXDR Yonben poligonida faollashganini qayd etmoqda
Bundan tashqari asosiy ilmiy-tadqiqot va maʼmuriyat markazi yonida qandaydir qurilish ishlari ham davom etyapti.
KXDRning Yonben shahridagi avval yopib qoʻyilgan yadro poligonidagi faollashuvi hududda shunchaki tartibni saqlash doirasidan chiqib ketyapti. Bu fikrni “38 North” portali AQSH ekspertlarining sunʼiy yoʻldosh orqali olingan suratlar tahliliga asoslanib bildirgan fikrlariga tayangan holda yozgan.
Portal taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi bir yil davomida tijoriy sunʼiy yoʻldosh obyektlari yordamida tushirilgan tasvirlar Shimoliy Koreyaning Yonben shahrida joylashgan yadro ilmiy-tadqiqot markazi hududi “birmuncha jonlangan”ini koʻrsatmoqda. Suratlar Uranni boyitish zavodi (UEP) hududida vaqti-vaqti bilan “suyuq azot bilan toʻldirilgan sisternalar ortilgani ehtimoli mavjud” maxsus temir yoʻl vagonlari va tirkamalari paydo boʻlayotganini aks ettirgan. Bundan tashqari asosiy ilmiy-tadqiqot va maʼmuriyat markazi yonida qandaydir qurilish ishlari ham davom etyapti.
Binobarin, qayd etilishicha, yuqorida sanab oʻtilgan faollik belgilariga qaramasdan, reaktorlar ishga tushirilganiga aniq isbot yoʻq.
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 2018-yil sentyabrda Pxenyanda boʻlib oʻtgan uchinchi koreyalararo sammit yakunlariga muvofiq, oʻzining Tonchxannidagi raketa poligonini yopish va Yonbendagi yadro obyektlarini toʻliq qayta jihozlashga vaʼda bergandi. MAGATE esa keyinroq Yonben yadro markazi faoliyat koʻrsatishda davom etayotgani toʻgʻrisida bayonot berdi, ammo agentlik muassasaning yadro obyektiga xos boʻlmagan xususiyati va maqsadini tasdiqlay olmayapti.
Janubiy Koreya ekspertlari “RIA Novosti”ga bildirishicha, Shimoliy Koreya AQSHga Tonchxanni va Yonbendagi poligonlar yopilishi haqida ogʻzaki eʼlon qilgan, bu haqda rasmiy kelishuvlar boʻlmagan. Demak, KXDR Xanoydagi Yonben markazining yopilishiga oid barbod boʻlgan muzokaralarni AQSH pisand qilmaganini har tomonlama namoyish qilaveradi.
Oʻz navbatida, AQSHning KXDR boʻyicha maxsus vakili Stiven Bigan 2019-yil martda Vashington va Pxenyan Yonbendagi majmuani yopish boʻyicha kelishuvga erisha olmagani va bu mavzudagi muzokaralar davom etishini qayd etdi.
Amerikalik ekspertlar hozirgacha bir necha bor Yonbendagi yadro poligoni hududidagi faol harakatlarni kuzatishayotgani haqida xabar qilishdi va hatto ayni holatni KXDR bu yerga radioaktiv jismlar tashib kelishyapti, deya talqin qilishdi. Masalan, 2019-yil aprel oyida sunʼiy yoʻldoshdan olingan “Digital Globe” suratlarida Yonbendagi uranni boyitish obyekti va radiokimyo laboratoriyasi yaqinida turgan 5 ta maxsus vagon koʻrinib turibdi. Ushbu vagonlar, goʻyoki, oʻtmishda radioaktiv materiallarni tashish va shunday jinslarni qayta ishlash bilan bogʻliq operatsiyalarga daxldor emish.