Amazonkada oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda
“Braziliya Prezidenti Jair Bolsonaru mamlakatdagi barcha vazirliklarni Amazonkadagi oʻrmon yongʻinlarini bartaraf qilish ishlariga safarbar qilinishini nazarda tutuvchi farmonga imzo chekdi”, deyiladi “Globo” portali xabarida.

Uch haftadirki, Amazonkadagi oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda. Mazkur yongʻin oʻtgan yilgilaridan 82 foizga koʻpligi qayd etilgan. “Barcha vazirliklar safarbar etildi”, deydi Prezident maʼmuriyati rahbari Oniks Lorensoni.