Amanov Baxodir Sharifovichning kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Benzoksazolin-2-tion karbon kislotalarining kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari” mavzusida
Amanov Baxodir Sharifovichning “Benzoksazolin-2-tion karbon kislotalarining kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari” mavzusidagi 02.00.01–Noorganik kimyo va 02.00.04–Fizik kimyo ixtisosliklaridan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 26 aprel kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 190111, Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy.
Tel.: (+99876) 221-74-55, faks: (+99876) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz