Amaldagi chempion ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy ligasida navbatdagi 4-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekistonning amaldagi chempioni va mamlakat kubogi sohibi Jizzax shahrining “JIZZAX-KYeNTYeKS” klubi ushbu turda Olmaliq shahrining AGMK jamoasi bilan kuch sinashib, joriy mavsumda ilk bor mag‘lub bo‘ldi.

Gollarga jizzaxliklardan Ilhomjon Hamroyev hamda Elbek To‘lqinov mualliflik qilgan bo‘lsa, AGMK futzalchilari Xayrulla Solihov 3 bor, Ravshan Ismatullayev 2 marta, Davlat Ibragimov hamda Avazbek Abduvaliyev bir martadan “JIZZAX-KYeNTYeKS” darvozasini ishg‘ol etib, “konchilarning” yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minlashga munosib hissa qo‘shdi. “JIZZAX-KYeNTYeKS” – AGMK o‘yinidagi yakuniy hisob – 2:7 olmaliqlik futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi.

Turning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi: “Metallurg” (Bekobod) – “Bunyodkor (Toshkent) – 5:4, “Maksam-Chirchiq” (Chirchiq) – “OIL-STAR” (Kogon) – 3:10 “Nasaf” (Qarshi) – “Lokomotiv” (Toshkent) – 2:3.
Jizzaxliklarning mag‘lubiyatidan unumli foydalangan Toshkentning BMB klubi shu turning keyingi uchrashuvida aynan AGMKni 5:2 hisobida dog‘da qoldirib, turnir jadvalida yagona peshqadamga aylanib oldi.
A.Qayumov, O‘zA