Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudi buyrug‘iga asosan qarzdor Rustamjon Imomnazarovdan undiruvchi Madaminova Nilufar foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosining O‘zbekiston tuman bo‘limi ish yurituvidagi mavjud ijro ishi yuzasidan qarzdor R.Imomnazarov bir necha marotaba ogohlantirishga qaramasdan aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Biroq, qarzdor R.Imomnazarov deyarli 5 yildan buyon alimentdan bo‘lgan qarzdorligini to‘lamasdan kelganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston tuman ma’muriy sudi tomonidan tegishli moddalarga ko‘ra, 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Biroq, o‘ziga berilgan jazodan to‘g‘ri xulosa chiqarib olmagan qarzdor R.Imomnazarov 59 oylik jami 30 mln. 575,6 ming so‘mlik aliment pullarini to‘lamasdan, voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlab kelgan.

Oqibatda qarzdor R.Imomnazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv o‘tkazish davomida u 30 mln. 575,6 ming so‘mlik aliment pulini undiruvchi N.Madaminovaga to‘liq to‘lab berdi hamda ularning oilasi qayta tiklanib, jinoyat ishiga nisbatan yarashtiruv instituti qo‘llanildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ham aliment undirildi, ham oila yarashtirildi
Жамият
16:09 / 24:09:2019