“Alphabet” obligatsiyalariga 7 milliard dollarlik buyurtma tuşdi
“Google” boş kompaniyasi “Alphabet” tomonidan Gonkong va Singapur dollarida ilk bor çiqarilgan obligatsiyalarni sotib oliş uçun investorlarga 7 milliard dollardan ortiq mablağ taklif qildi.
Kompaniya dastlab ayni maqsadga 3 milliard dollar jalb qilişni rejalaştirgan edi. Sarmoyadorlar qiziqişi esa kutilganidan yuqori böldi. Keladigan mablağ sunʼiy intellektni rivojlantiriş, yangi texnologiya va zarur infratuzilmani moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Maʼlumotga köra, Gonkong pulida çiqarilgan obligatsiyalarni xarid qiliş uçun 4,1 milliard, Singapur dollaridagi obligatsiyalar uçun esa 3,1 milliardga buyurtma tuşgan. Talab yuqoriligi sabab, “Alphabet” investorlarga taklif etilgan foiz miqdorini ham tuşirdi. Yaʼni kompaniya qarz uçun avval belgilanganidan kamroq foiz tölaydi.
Eslatib ötamiz, “Alphabet” ötgan hafta 6 milliard yevro, avgust oyida esa 25 milliard dollar va 5,5 milliard Avstraliya dollari miqdorida ham obligatsiya çiqargan edi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA