Bugun zamon juda tez o‘zgarib, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib bormoqda. Shu bois, davlatlar faqat rasmiy diplomatiya yo‘li bilan emas, balki xalq diplomatiyasi orqali ham bir-biri bilan yaqinlashishga intilmoqda.

Xalq diplomatiyasi – bu turli millat, madaniyat va jamiyatlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot hamda hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Xitoy Xalq Respublikasining Shen’yan shahrida Xalq diplomatiyasi va birodarlashgan shaharlar forumi doirasida qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi va Xitoy xalq xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

– Memorandumdan ko‘zlangan maqsadlarlarimiz ko‘p, – deydi O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov. – Xalq diplomatiyasi orqali madaniyat, ta’lim, ilm-fan, turizm yanada rivojlanadi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, sport sohasi, xalq tabobati kabi yo‘nalishlarda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishiga hissa qo‘shiladi. Yanada teranroq aytadigan bo‘lsak, ushbu hujjat tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, teng huquqlilik va madaniy xilma-xillikka hurmat ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.  

Dunyo tajribasiga ko‘ra, bunday aloqaning mustahkamlanishi mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi barqarorlikka ham xizmat qiladi.  

Ikrom AVVALBOEV,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aloqalarni yanada mustahkamlashda yangi imkoniyatlar yaratadigan kelishuv