FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni, shuningdek, mazkur harbiy qism tashkil etilganining 14 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev, Toshkent harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Lazizjon Usmonov, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Rasulxon Ahmedov, ofitser, serjant, askarlar va ularning oila a’zolari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
[gallery-10312]
Tadbirda so‘z olganlar harbiy xizmatchilarni bayram bilan qutlab, harbiy qism shaxsiy tarkibini Mudofaa vazirligi miqyosidagi o‘rnini e’tirof etdi.
Xizmatda alohida jonbozlik va fidoyilik ko‘rsatgan, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni to‘la-to‘kis ta’minlab kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
So‘ng qatnashchilarga harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali jangovar chiqishlari namoyish etildi. Xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bilan tadbirga yanada fayz to‘ldi.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA