Almariya tropik oʻsimliklari bilan mashhur
Markaz direktori Xuan Xose Ueso Martinning taʼkidlashicha, bu yerda tropik oʻsimliklar parvarishi bilan bogʻliq tadqiqot, sinov va tajribalar amalga oshiriladi.
Ispaniyaning Almariya shahri tropik hudud. Shu bois shahar oʻzining tropik oʻsimliklari bilan mashhur. Almariya Ispaniyaning eng boy provinsiyasi boʻlib, bu yerda yetishtirilgan tropik mahsulotlar butun Yevropaga yetkazib beriladi. Qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassis Alexandro Pastrananing maʼlumot berishicha, Ispaniyadagi 75 ming gektardagi issiqxonalardan 33 ming gektari Almariya hududiga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonlik stadi-tur ishtirokchilari bu yerdagi “Almajar” ilmiy-eksperimental markazi va uning issiqxonalari faoliyati bilan tanishdi. Markazning umumiy maydoni 15 gektar boʻlib, unda 30 issiqxona bor. Bu yerda ochiq holda ham mevalar yetishtiriladi.
Markaz direktori Xuan Xose Ueso Martinning taʼkidlashicha, bu yerda tropik oʻsimliklar parvarishi bilan bogʻliq tadqiqot, sinov va tajribalar amalga oshiriladi.