Barchaga ma’lum, bugungi kunda gazli ichimliklar juda ommalashgan. Istagan do‘kondan didingizga mos gazlangan ichimlikni topishingiz mumkin. Ammo uning xavfsiz yoki xavfli ekanligi borasida bahslar tinmaydi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, shakar bilan boyitilmagan gazli ichimliklar organizm uchun xavfsizdir. Gazli suvning foydasi shundaki, u chanqoqni juda yaxshi qondiradi. Gazlangan suvning organizm uchun foydasi, ayniqsa, shifokorlarga yaxshi ma’lum. Bunday ichimliklar me’da shirasining kislotaliligini oshirish zarur bo‘lgan hollarda bemorlarga buyuriladi.  

Qolaversa, suvda gazning mavjudligi foydali mikroelementlarning uzoqroq turishiga imkon beradi. Shu sababli, birga zararli bakteriyalarni rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Gazlangan ichimliklar orasida tabiiy gazlangan mineral suv foydali deb tan olingan. Bunday suvlar tarkibida suyaklar, mushaklar, tish emalining yaxlitligini saqlaydigan maksimal darajada foydali elementlar mavjud.  

Shu bilan birga, gazli ichimliklarning zarari ham bor. Mutaxassislarning aytishicha, suvga qo‘shilgan gaz o‘z-o‘zidan inson organizmiga zarar yetkazmaydi. Ammo pufakchalar oshqozonning kislotaliligini oshiradi. Shu sababli, och qoringa mineral suv yoki gazli ichimlik ichish paytida shish paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar turli xil shakarli ichimliklarni taklif qilishadi.  

Ushbu ichimliklar semirishga olib keladi. Tish emaliga zarar yetkazadi. Diabet rivojlanishi xavfini oshiradi. Bunday ichimliklar organizm uchun energiya qiymatiga ega emas, shuning uchun ularni ko‘p ichish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari, har bir inson gazlangan ichimlik uning organizmiga zarar yetkazish-yetkazmasligini bilishi kerak, chunki har bir organizm o‘z fiziologik xususiyatlariga ega.  

“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan jurnalistlar uchun poytaxtimizdagi alkogolsiz gazlangan va gazlanmagan ichimliklar ishlab chiqariladigan «INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT» xususiy korxonasiga press-tur tashkil etildi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, ushbu korxona 2011 yilda faoliyatini boshlagan. Korxona Pepsi, Lipton, Mirinda, 7UP, Lipton Ice Tea, Adrenaline Rush, Mountain Dew kabi taniqli xalqaro brendlarning alkogolsiz gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Korxonada 700 dan ortiq ishchi mehnat qiladi. Korxonada 1 kunda 3 million litrgacha gazlangan ichimliklar ishlab chiqariladi.  

Press-tur davomida «INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT» xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan alkogolsiz gazli ichimliklarning sifati tekshirildi. Mutaxassislar tomonidan laborator sinovlar uchun bir necha xil mahsulotlardan namunalar olindi. Ushbu jarayon akkreditatsiya idorasi baholovchilari guvohligida amalga oshirildi.  

Jurnalistlar ham mahsulotlarni saralash jarayonida ishtirok etdi. Ishlab chiqarishdan olingan namunalarni sertifikatlashtirish organi sinov laboratoriyasiga olib kelib, topshirdi. Ushbu jarayon akkreditatsiya idorasi baholovchilari guvohligida amalga oshirildi.  

Press-tur ishtirokchilariga namunalarni topshirish jarayoni namoyish qilindi. Namunalarning sifatini aniqlash maqsadida sinov laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan akkreditatsiya idorasi baholovchilari guvohligida sinovlar olib borildi.  

Akkreditatsiya idorasi baholovchilari press-tur davomida barcha jarayonlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarilayotganini baholab bordi.  

Press-tur davomida “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK xodimlari tomonidan o‘ziga xos zanjir ko‘rsatib berildi. Ya’ni ishlab chiqarish korxonasidan tartib, sinov laboratoriyasigacha bo‘lgan jarayonni kuzatdik.

– Agarda alkogolsiz gazlangan va gazlanmagan ichimliklar tekshirilib, sifatli deb topilsa, markaz tomonidan yaroqli degan 3 yillik sertifikat beriladi, – deydi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK xodimi Dilmurod G‘afurov. – Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati har oyli oyda tekshiriladi. Guvohi bo‘lganingizdek, dastlab ishlab chiqarish korxonasiga bordik. U yerda alkogolsiz gazlangan va gazlanmagan ichimliklar ishlab chiqariladi. Ushbu korxonadan sertifikatlashtirish organi mahsulotning namunalarini qabul qilib oldi.  

[gallery-14439]

Kerakli namunalar sertifikatlashtirish organidan olinganidan so‘ng akkreditatsiya organi baholovchilarining guvohligida namunalar olindi va sinov laboratoriya lariga topshirildi. Ichkarida sinov laboratoriyalariga kelgan mahsulot ikkita xossaga ko‘ra tekshiruvdan o‘tkazildi. Birinchisida alkogolsiz gazlangan va gazlanmagan ichimliklarning gaz miqdori tekshirildi. Belgilangan standartga muvofiqligi tekshiruvdan o‘tkazildi.  

Mahsulotning kislota miqdori tekshirildi. Bu mahsulot har ikki jarayondan o‘tkazilganda jahon standartlariga javob berilishi aniqlandi. Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlar iste’molga yaroqli deb topildi.  

Shahnoza Mamaturopova,

Murodxon Xo‘jayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alkogolsiz gazlangan va gazlanmagan ichimliklar sifati tekshirildi