O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 3 iyundagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida“gi farmonida alkogol va tamaki ishlab chiqarish sohasini yil yakuniga qadar to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura huzuridagi Departament qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqarish korxonalarini integratsiya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, respublikada mavjud barcha korxonalarda spirt va alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va aylanmasi hajmini hisobga olish tizimini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi yagona onlayn axborot tizimiga integratsiya qilinmoqda.  

Bu bilan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi, xavfni tahlil qilish tizimi, iste’mol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoringi va nazorati yuritiladi.  

Natijada alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasini kamaytirish hamda aksiz solig‘i to‘lovlarini to‘liq hisobga olish imkoniyati oshiriladi.  

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi korxonalarga videokuzatuv vositalarining o‘rnatilishi yuzasidan qo‘shimcha talabnomalar yig‘ilib, zarur choralar ko‘rilmoqda.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alkogol va tamaki bozorini raqamlashtirish jadallashtirilmoqda