Prezident Donald Tramp Kaliforniyadagi 1963 yil yopilgan mashhur Alkatras qamoqxonasini yana ochish haqidagi farmonni imzoladi. AQSH yetakchisi ta’kidlashicha, qayta qurilgan, eng yuqori darajadagi xavfsizlik tizimi bilan ta’minlangan bu turma “eng shafqatsiz va zo‘ravon jinoyatchilar saqlanadigan” maskan sifatida bundan buyon “qonun, tartib va adolat timsoli”ga aylanadi.

– Ko‘chalarimizda yovuzlik, qon to‘kilishi va tartibsizlik keltirib chiqarayotgan jinoyatchilarga endi toqat qilmaymiz, – deb yozgan Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Shu munosabat bilan tegishli vazirliklar va Ichki xavfsizlik departamenti bilan hamkorlikda o‘ta xatarli jinoyatchilarni joylashtirish maqsadida kengaytirilgan va qayta barpo etilgan Alkatras qamoqxonasini ochishga ruxsat beraman.

Bir paytlar San-Fransisko ko‘rfazida joylashgan oroldagi qochib bo‘lmas qamoqxona sanalgan Alkatras 1912 yil eski qal’a o‘rnida qad ko‘targan. Avval harbiy qamoqxona sifatida foydalanilgan bino 1936 yil Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib, qayta tiklangan va yanada mustahkamlangan. Ma’lumotga ko‘ra, ushbu qamoqxonaga AQSHdagi eng xavfli jinoyatchilar yuborilgan. Ular orasida mashhur gangster Al Kapone ham bor edi. Alkatras o‘nlab yillar davomida mamlakatdagi eng kuchli nazorat qilinadigan turma hisoblangan. Sobiq mahbuslar bu manzildagi qo‘riqchilarning shafqatsizligi, g‘ayriinsoniy xususiyatlari haqida juda ko‘p shikoyat qilishgan. 

Mazkur dahshatli majmuadan qochishga 14 marta urinish bo‘lgani, hech biri muvaffaqiyat keltirmagani aytiladi. Tarixi San-Fransisko shahri bilan chambarchas bog‘liq Alkatras orolida XIX asr o‘rtalarida oltin konlari aniqlangan. Shu bois odamlar boylik ilinjida bu joyga ko‘chib kela boshlagan. Shu tariqa San-Fransisko dunyodagi eng rivojlangan portlardan biriga aylangan va shahar jadal rivojlangan. Orolda dastlab kemalar uchun mayoq o‘rnatilgan, keyinroq himoya qal’asi qurilgan. XX asr boshida harbiy qamoqxona tashkil etilgan. Vaqt o‘tishi bilan maskan jinoyatchilarni saqlash uchun juda qulay ekani ma’lum bo‘ldi. Aynan o‘sha davrda jinoyatchilik darajasi ancha o‘sgan va salbiy holatlarning oldini olish maqsadida keskin rejimli maxsus qamoqxona tashkil etish zarurati yuzaga kelgan. Alkatras shu talablarga javob bergan. 1963 yil qamoqxona yopilgan va shundan beri sayyohlar uchun ochiq tarixiy muzey vazifasini o‘tamoqda. Mana, 60 yildan ziyod vaqt o‘tib, majmua yana turmaga aylanyapti...

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ga4B2nAHrPs" title="Alkatras qayta ochiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

K.Bekjonov O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alkatras qayta ochiladi (+video)