Alişer Saʼdullayev Britaniya Kengaşi aʼzolari bilan uçraşdi
Bugungi kunda xorijiy tillarni, xususan, xalqaro muloqot, ilm-fan va biznes tiliga aylangan ingliz tilini mukammal özlaştiriş har bir yoş uçun muvaffaqiyat garoviga aylanmoqda.
Til biliş endilikda şunçaki qöşimça könikma emas, balki jahon mehnat bozorida raqobatbardoş böliş, dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil oliş va ilğor xalqaro tajribalarni özlaştirişning asosiy mezoni. Bu borada Buyuk Britaniyaning taʼlim va madaniyat sohasidagi yetakçi taşkiloti — Britaniya Kengaşi (British Council) bilan köp yillik samarali hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Ana şunday muhim taşabbuslarni izçil davom ettiriş va özaro aloqalarni yangi, yanada yuqori bosqiçga olib çiqiş maqsadida Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev Britaniya Kengaşi boş ijroçi direktori (CEO) Skott Makdonald bilan uçraşdi.
Muloqot davomida mamlakatimiz yoşlari uçun ingliz tilini örganiş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş, ularning til biliş darajasini xalqaro standartlar asosida xolis va sifatli baholaş hamda xalqaro taʼlim dasturlaridan keng foydalanişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan istiqbolli rejalar atrofliça muhokama qilindi.

Şuningdek, mehmonlarga Yoşlar işlari agentligining faoliyat yönalişlari, yoşlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan loyihalar hamda xorijiy tillarni örganiş borasida amalga oşirilayotgan işlar taqdim etildi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA