Allomalarimiz haqida 10 ta fakt

Alisher Navoiy o‘zining shaxsiyati, she’riy va nasriy asarlari, milliy davlatchilik va adolatli jamiyat barpo etish borasidagi faoliyati bilan jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan. Buyuk ajdodimizning o‘zbek adabiyotidagi, o‘zbek tili rivojidagi o‘rni va mavqei beqiyos. U o‘zining badiiy va ilmiy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etgan.

“Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihasi doirasida hazrat Alisher Navoiy haqidagi qimmatli ma’lumotlarni havola etamiz.

1. Alisher Navoiyning ona tomondan bobosi Abu Said shoir, ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot bo‘lgan.

2. Alisher Navoiy yetti yoshida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yod olgan.

3. Navoiy turkiy tildagi ilk “Xamsa”ni 2 yil davomida yozgan va bu asar dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan.

4. Navoiy do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat “Hiloliya” qasidasini yozgan.

5. Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida muhrdor, vazir, amir-ul kabir va hokim bo‘lgan.

6. Alisher Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson hududida 300dan ortiq inshoot qurdirgan.

7. 2009 yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

8. Toshkent, Samarqand, Navoiy, O‘sh, Boku, Tokio, Shanxay, Ostona kabi dunyoning ko‘plab shaharlarida Alisher Navoiyning haykallari o‘rnatilgan.

9. Ulug‘ shoir Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan bo‘lsa, forsiy tildagi ijodi Foniy taxallusi bilan tanilgan.

10. Alisher Navoiyga olimlar tomonidan “G‘azal mulkining sultoni”, “Fasohat mulkining sohibqironi” kabi ta’riflar berilgan.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi mazkur loyiha sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Wm1HOmt9qVI?si=cCNV9xp8VK6oSMXV" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy “Xamsa“si nechta tilga tarjima qilingan?