Xalqlarni tinchlikka, taraqqiyotga, ezgulikka, hamkorlikka da’vat etish Alisher Navoiy ijodida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab “Alisher Navoiy – Sharq Renessansining buyuk namoyandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  

Qo‘mita raisining o‘rinbosari Azamat Toshev buyuk ajdodlarimiz, ayniqsa Alisher Navoiy merosini targ‘ib va tashviq etish, uni sodda va tushunarli yo‘sinda xalqimiz, ayniqsa yosh avlodga yetkazish masalalari ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarda ustuvor o‘rin egallashini ta’kidladi.  

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Nuriddin Aminjonov, Tojik milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari Nasiba Zayniddinova, Toshkent shahar Grek madaniy jamiyati raisi Politis Konstantinos va boshqalar Alisher Navoiy ijodi nainki O‘zbekistonda, balki jahonning turli davlatlarida olimlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotganini e’tirof etdi.    

Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishlari davra suhbatiga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.  

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy – Sharq Renessansining buyuk namoyandasi