Asrlar davomida jahon tamaddunining sayqali boʻlib kelgan koʻhna Samarqand barcha davrlar uchun ilm-maʼrifat beshigi boʻlib kelgan.

Ayniqsa, Samarqand Davlat universitetining tarixiy ildizlari Mirzo Ulugʻbek asos solgan madrasai oliyaga bogʻlanishi ilmiy jihatdan asoslangan bugungi kunlarda mazkur ilmiy taraqqiyot jarayonida anʼana va vorisiylik tamoyillarini oʻrganish alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, yoshligida bir muddat Samarqandda yashab taʼbini kamolga yetkazgan Mir Alisher Navoiyning Samarqand ilmiy muhiti va uning namoyandalariga boʻlgan munosabatini oʻrganish orqali mazkur masalaga oydinlik kiritish mumkin.

Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi Samarqand ilmiy va adabiy muhiti haqida qimmatli maʼlumotlar beruvchi moʻtabar manbalardan hisoblanadi. Ushbu tazkiradagi deyarli har bir bob-majlisida samarqandlik ijodkorlar haqida maʼlumot berilgan. Tazkiraning birinchi majlisi umri oxirida Samarqandga kelib, Mirzo Ulugʻbekdan iltifotlar koʻrgan Sayid Qosim Anvor zikridan boshlangani, oltinchi majlisda esa dastlab Samarqand hokimi va Navoiyning homiysi boʻlgan Ahmad Hojibek haqida maʼlumot berilgani buyuk mutafakkirning mazkur shahardagi ilmiy va adabiy muhitga boʻlgan cheksiz ehtiromi va eʼtirofini koʻrsatadi.

Taʼriflanishicha, Ahmad Hojibek fozil va shoirtaʼb hukmdor boʻlib, “Vafoiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Adabiyotshunos olim akademik Botirxon Valixoʻjayev madrasai oliyalar tarixining tadqiqotchisi sifatida Ahmad Hojibekni XV asrning ikkinchi yarmida madrasa qurdirgani va Alisher Navoiy Samarqandga kelgan paytlarida madrasa faoliyatda boʻlgani, hamda Alisher Navoiy Mirzo Ulugʻbek qurdirgan rasadxonasini ham borib koʻrgani xususidagi maʼlumotlarni havola etadilar. Taʼkidlash oʻrinliki, shoir eʼzozlagan madrasa mudarrislari va tolibi ilmlari xususida ham tazkirasida ham bisyor taassurotlar keltirilgan.

Tazkirada Mirzo Ulugʻbek zamonida yashab ijod qilgan Sayid Qosim Anvor, Mavlono Muhammad Olim, Mavlono Badaxshiy, Xoja Fazlulloh Abullaysiy, Mavlono Sakkokiy kabi ijodkorlar haqida maʼlumot berilgan. Samarqandda Navoiy oʻsha davrning alloma bilimdonlari ilm-fan, jamiyat arboblari, arab tili, dunyoviy va botiniy ilmlarni chuqur egallagan olimlar bilan zamondosh va saboqdosh boʻlgan. Bu ijodkorlarning boshqa davrdagi shoirlardan farqli jihatlaridan biri – ilmiy faoliyat bilan badiiy ijodni baravar olib borishgan. Jumladan, Xoja Fazlulloh Abullaysiy Samarqandiy fiqh ilmida Imom Aʼzam, arab tili grammatikasi boʻyicha Ibn Hojibga teng darajada eʼtirof etilsa-da, sheʼriyatga oshno va oshufta inson sifatida taʼriflanadi. Tazkirada Xoja Fazlulloh Mirzo Ulugʻbek madrasasining bosh mudarrisi – Mir Sayid Sharif Jurjoniyning bevosita shogirdi ekani haqida maʼlumot berilgan. Navoiyning koʻproq vaqti oʻsha davrning “aʼlomul ulamosi” (olimlar olimi) Abu Lays Fazlulloh madrasasida va uning boy kutubxonasida oʻtgan. Ushbu dalilga asoslanib, Alisher Navoiyni ham Mirzo Ulugʻbek asos solgan madrasai oliyaning tolibi ilmi sifatida taʼriflashga toʻlaqonli asosimiz bor.

Tazkirada berilgan maʼlumotlarga koʻra, Samarqandda toshkentlik Mavlono Uloyi Shoshiy, qarshilik Mavlono Mir Qarshiy, andxudlik (hozirgi Afgʻoniston hududidagi shahar) Mavlono Tarxoniy, andijonlik Mavlono Yusuf Badiiy, hirotlik Mirzobek, parkentlik Mavlono Orif Farkatiy kabi ijodkorlar ilm olishga kelib, oʻsha yerda umrguzaronlik qilishgan. Maʼlum boʻladiki, bu davrda ham Samarqand mintaqaning ilm-maʼrifat poytaxti hisoblangan.

Samarqand adabiy muhitining yana bir xususiyati shundan iborat boʻlganki, bu shaharda arab, fors-tojik va oʻzbek tilida ijod bilan shugʻullanish uchun teng imkoniyat yaratib berilgan. Jumladan, Sakkokiy, Harimiy Qalandar, Mavlono Tarxoniy, Mavlono Nosiriddin, Sulton Ali Mirzo kabi ijodkorlar ikki tilda bab-baravar ijod qilib, Samarqandda zullisonaynlik muhitini yaratishga hissa qoʻshganlar.

“Majolis un-nafois”da Mirzo Ulugʻbek madrasasiga taalluqli qiziqarli yana bir fakt eʼtiborimizni oʻziga jalb etdi: Navoiy oʻz zamondoshi – Xoja Xurd haqida maʼlumot berarkan, Movarounnahrdagi Temuriylar mamlakatining bosh qozisi hamda Mirzo Ulugʻbek madrasasining mudarrisi ekanini taʼkidlab oʻtadi. Maʼlum boʻladiki, Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasi XV asrning oxirida ham mintaqaning eng nufuzli oliy taʼlim dargohi hisoblangan.

Koʻrinadiki, Alisher Navoiyning ilmiy-maʼnaviy kamolotga yetishida Samarqandda olgan bilimlari ham asosiy oʻrin tutadi. Hazrat Samarqandda naqshbandiya tariqatining peshvosi Xoja Ubaydulloh - Xoja Ahrori Valiy suhbatlaridan bahramand boʻldi. Navoiy Samarqandga kelishidan koʻzlagan maqsadi – ilmu-irfonga shoir tili bilan aytganda “Murshidul ofoq” – Xoja Ahrori Valiy rahnamoliklarida muyassar boʻldi.

Tengi yoʻq ijodkor, sheʼriyat ahlining buyuk homiysi Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi oʻzbek tazkirachiligining asosi boʻlib, hozirgi davrgacha bu asar oʻz qadr-qimmatini yoʻqotganicha yoʻq. Zero zamondoshlarigagina emas, koʻproq kelajak avlodlarga yetkazilishi koʻzda tutilgan qimmatli va saboqli taraqqiyot kalitidir. Asarda shoirlar, sheʼr havaskorlari va ilm-fan namoyondalaridan 459 kishining ijodi haqida mulohaza yuritilsada, undagi bosh qahramon – muallifning oʻzi va bosh masala – sheʼru shoirning taqdiridir. Navoiy sheʼr va shoirning jamiyatda, hayotda tutgan oʻrni masalasiga koʻp ahamiyat berib, uning maʼnisida ilmu maʼrifat tadbigʻini koʻrishni istaydi. Asarning kirish qismida ustozi Abdurahmon Jomiy xususida soʻz yuritib Hazrat Navoiy shunday misralarni keltiradi:

Ulkim bu toʻquz falakni aql etsa xayol,

Daryoi ulumigʻa topar qatra misol.

To chashmai tabʼi dahr aro ochti zulol,

Hayvon suyi yangligʻ ayladi malomol.

Darhaqiqat, ilm besarhadki uning zar qatrasi qalb koʻziga zilollik, tiniqlik inʼom etib tiriklik qoni oqib turgan har bir insonga dunyoni moʻl va mukammal tafakkur bilan anglash imkonini beradi.

Xulosa oʻrnida aytish oʻrinliki, XV asrda faoliyat yuritgan Samarqand madrasalarida diniy va dunyoviy ilmlar uch - arab, fors, turkiy tillarida taʼlim berilgan. Madrasalar qoshidagi boy kutubxonalar taʼlim jarayonida dasturulamal boʻlgan. Mirzo Ulugʻbek taʼlim tizimida joriy qilingan islohotlar bu davrga kelib oʻz samarasini bera boshlagan – millatimizning ulugʻ siymosi boʻlmish Alisher Navoiydek zotlar kasbi kamol topgan. Chunonchi, Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasining davomchisi boʻlgan Samarqand davlat universitetida ham bugungi kunda oʻn mingdan ortiq qoʻlyozma, toshbosmalarni qamrab olgan kutubxona mavjud. Yoshlarda ushbu ilmiy-maʼnaviy merosni oʻrganish va tadqiq etishni shakllantirishga qaratilgan adabiyotshunoslik, matnshunoslik va manbashunoslik, sharq tillari yoʻnalishlarida oʻqitilayotgan fanlar bevosita oʻsha davr anʼanalarini davomi sifatida saqlanib kelinmoqda.

photo_2020-07-08_19-27-36.jpg

Nazmiya Muhiddinova,

SamDU dotsenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy madrasai oliyada taʼlim olganmi?