O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili,  adabiyoti va folklori instituti direktori, atoqli olim Nizomiddin Mahmudov Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi yuksak saviyada nishonlanayotganini ta’kidladi. To‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning nashr etilishi buyuk shoir bobomiz tavalludining 584 yilligiga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi. Ushbu to‘plamda Navoiy bilan bog‘liq barcha jabhalar – ilmiy, hayotiy, tarixiy ma’lumotlar jamlangan.  

– Prezidentimizning buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganishga ko‘rsatayotgan e’tibori natijasida Alisher Navoiy hayoti va ijodi, uning faoliyatiga bag‘ishlangan muhtasham to‘plamlar, nashrlar yuzaga kelmoqda, – dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid. – Yangi O‘zbekistonimizda Alisher Navoiy merosini o‘rganish bo‘yicha ulkan qadamlar tashlandi. Darhaqiqat, Navoiyni o‘qish, uqish kerak. Navoiyni bilish uchun uni mukammal tarzda o‘qish kerak. “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” bu boradagi amaliy qadamdir. Yaqin paytlarda ushbu to‘plamdan mamlakatimiz yoshlari, adabiyot muxlislari bahramand bo‘ladilar.  Yana bir yangilik shuki, uyushmaning “Adabiyot” nashriyotida navoiyshunos olim Shuhrat Sirojiddinovning Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan kitobi chop etildi. O‘ylaymanki, jahon e’tirofidagi alloma bobomizga ehtiromimizni shu tarzda ko‘rsatmog‘miz shart.  

[gallery-21712]

–  Kecha YouTube’da bir ko‘rsatuvni ko‘rdim, – dedi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti direktori, taniqli shoir Nodir Jonuzoq. – Rossiyalik bir guruh jurnalistlar Alisher Navoiyning ham olim, ham shoir, davlat va jamoat arbobi, tasavvuf ilmining donishmandi, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi sifatidagi serqirra faoliyatini atroflicha va xolis e’tirof etganlar. Oradan qancha asrlar o‘tsa hamki, millat o‘zligini anglashga ehtiyoj sezganida, turli vaziyatlarda Navoiyga murojaat etadi. Navoiy – hamma zamonlarda doim ehtiyoj tug‘iladigan, nondek aziz shaxs. Dunyodagi qaltis vaziyatlarni ko‘rib,  shoirning tinchlikka, hamjihatlikka da’vat etuvchi g‘azallari yodga keladi. Xalqning dardiga darmon bo‘lishni mutafakkir bobomiz o‘z hayotiy shioriga aylantirgan edi. Bu g‘oya bugun ham mamlakatimizda ustuvor. Uning ijodiga bag‘ishlangan to‘rt jildlik qomusning nashr etilishi adabiyotimizda, ilm-fanimizda, umuman ma’naviy hayotimizda ulkan voqeadir.  

– Navoiy hikmatlari shunday dolzarbki, ularni hayotning har bir jabhasida ilg‘ash mumkin, – dedi ozarbayjonlik navoiyshunos olima Olmos xonim Ulviy. – “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti  O‘zbekistonda juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Bu to‘plam Ozarbayjon, umuman, turkiy  tilli davlatlar uchun katta tuhfa. Uni ulkan tarixiy hodisa, bebaho ilmiy manba, deyish mumkin. O‘zbekistonlik navoiyshunos olim Maqsud Asadov mazkur to‘plam  xususida aytganida, boshim  ko‘klarga yetgandi.  Alisher Navoiy Ozarbayjonning ham sevimli shoiridir. Shu bilan birga,  ulug‘ mutafakkir butun turkiy xalqlarning, jahon xalqlarining shoiri. Alisher Navoiy ummonining xazinalari behisob. Shu kunlarda Maqsud Shayxzodaning “G‘azal mulkining suloti”  asarini nashrga tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Alisher Navoiy asarlari hikmat, yuksak axloq maktabi.  

Aytish kerakki, “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 oktyabrdagi “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy  tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan O‘zbek tilini rivojlantirish  jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chop etildi.      

Ensiklopediyada navoiyshunoslikka oid masalalar, buyuk shoir asarlarining turli yillardagi nashrlari, xorijiy tillarga tarjimalari, yurtimiz va jahon kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma va toshbosma  kitoblari, shuningdek, rassomlik, haykaltaroshlik, teatr, kino singari  san’at turlarida Navoiy siymosining aks ettirilishiga oid  maqolalar o‘rin olgan.  

“Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ga O‘zbekistonning 78 nafar taniqli navoiyshunos olimi, yosh tadqiqotchilar, shu bilan birga turkiyalik va ozarbayjonlik olimlarning mavzu bo‘yicha maqolalari kiritilgan. Ushbu ensiklopediya O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti xodimlari tomonidan nashrga tayyorlangan. O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari xisobiga 1000 nusxada chop etildi.    

“Alisher Navoiy ensiklopediyasi” tegishli taqsimot asosida  respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, yurtimizdagi barcha kutubxonalarga bepul va beg‘araz asosda tarqatilishi ko‘zda tutilgan.  

Nazokat Usmonova,

Otabek Mirsoatov (surat),

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Alisher Navoiy ensiklopediyasi”ning taqdimoti o‘tkazildi