"Alisher Navoiy" dramasi oltin meros (+video)
Izzat Sulton adabiyot nazariyotchisi bo‘lishi bilan birga badiiy ijodda ham imkoni katta adib edi. Shu sabab bo‘lsa kerak drama sirlarini bu bilimdoni shoir Uyg‘un bilan boshlangan hamkorligi yuksak darajasidagi "Alisher Navoiy" tarixiy dramasini dunyoga kelishi bilan yakun topadi.
Izzat Sulton bir umr o‘sha hamkorlik davrini eslab, "o‘sha kezlari Uyg‘unning bu boradagi iste’dodi ayni qaynagan, avjiga chiqqan pallalar edi", — deb, mamnuniyat bilan eslardi. Shu bilan birga "pesa o‘z davrining asari bo‘lgan, qancha qistashmasin, biz unga qayta qalam urmaymiz" der, zamonasozlik tufayli lat yegan mavzu, tarixiy timsollarni ezilib e’tiborda tutgan dramaturg.
"Alisher Navoiy" ikki hamkor muallifninggina emas, akademik teatr, qolaversa umum o‘zbek sahna san’ati, uning muxlislari baxti va quvonchi, umri boqiy mumtoz tomoshasi bo‘lib qoldi.
Bugungi lavhamizda ushbu dramadan parchani Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrning direktor o‘rinbosari Xayrulla Inag‘omov ijrosida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/6pKeGuXitwI?si=Nx25G2RmPtS1OMmt" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA