Xalqimizning ulugʻ shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy mangu barhayot siymolardan biri boʻlib, jahon adabiyotining buyuk sanʼatkorlaridan hisoblanadi. Alisher Navoiy ijodini chuqur tadqiq etish va mohiyati bilan xalqimiz maʼnaviy olamini yanada boyitish har birimizning burchimizdir.

Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati oʻz zamonasidayoq ilmiy va ijodiy doiralarning diqqatini tortdi. Jumladan, Mirxondning «Ravzat us-safo», Xondamirning “Makorim ul-axloq”, Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Boburning “Boburnoma”, Zayniddin Vosifiyning «Badoeʼ ul-vaqoeʼ», Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, «Xiradnomai Iskandariy» va “Bahoriston” kabi asarlari hamda boshqa mualliflar asarlarida Navoiyning faoliyati va ijodiga doir muhim maʼlumot, taʼrif va baholar berilgan.

Alisher Navoiy siymosi va uning asarlari haqidagi fikr-mulohazalar keyingi asrlarda yaratilgan tazkiralar, bir qator tarix kitoblari va memuarlardan ham keng oʻrin oladi.

Alisher Navoiy asarlarini, oʻz taʼbiri bilan aytganda, uning tiriklik paytidanoq, «Xitodin to Xuroson»gacha ozarbayjon, turkman, qozoq, qirgʻiz, usmonli turklar sevib oʻqishardi:

Olib men taxti farmonimgʻa oson,

Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.

Xuroson demakim, Sherozu Tabriz,

Ki qilmishdur nayi kilkim shakarrez.

Akademik V.Abdullayev ulugʻ oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy haqida Oʻzbekistonda birinchi boʻlib 1941-yil 31-mayda “Alisher Navoiyning hayoti va Samarqanddagi adabiy faoliyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Ushbu tadqiqot Alisher Navoiyning Samarqandga kelish sabablari, 1465-1469-yillar davomida uning Movarounnahrda boʻlgani, zamondoshlari, oʻrgangan fanlari, Fazlulloh Abullaysiy xonadonidagi hayoti, yozgan asarlari, ilm-fan, madaniyat ahllari bilan munosabatlari batafsil yoritib berilganligi bilan alohida qiymatga molik sanaladi.

Tarixchi olim Xondamirning maʼlumot berishicha, XV asrning oxirlarida Alisher Navoiy asarlarini yuborishni iltimos qilib, turli davlatlardan Hirotga tinmay maktublar kelib turgan. Shoir devonlari podshohu sultonlarga, amiru amaldorlarga eng qimmatbaho sovgʻa sifatida taqdim etilgan.

Alisher Navoiy turkiy tilga asos solgan va manbalarga koʻra, bu tildan “Navoiy tili”, “Navoiy tarzi” deya foydalanilgan. Uning Onadoʻli mumtoz turk adabiyotiga taʼsiri Turkiyaga yuborgan 33 ta tanlangan gʻazali va devonida mavjud boshqa sheʼriy janrlarga turk shoirlari tomonidan naziralar bitish hodisasidan boshlanadi.

Onadoʻlida soʻnggi asrlarda ijod qilgan barcha shoirlar Navoiyni hurmat va yuksak ehtirom bilan xotirlaydilar. Masalan, usmonli shoirlaridan Dukakinzoda Yahyo Bey «Gulshani Anvor» nomli masnaviysida Navoiyni shunday taʼriflaydi:

Mir Navoiy guli bexordur,

Xamsasi bir nofai totordur.

Soʻzlaridir ishq oʻtining sarsari,

Har biri bahri gʻazalin gavhari.

Vasf etolmam zoti xiradmandini,

Ayni Ajam koʻrmadi monandini.

Navoiy barcha turkiy xalqlar orasida boʻlganidek, usmonli turk adabiyotida ham bir necha asrlardan buyon katta shuhrat qozonib kelayotgan shoirdir. Imperatorlikning Budindan Basragacha boʻlgan butun Onadoʻli va Rum eli tuproqlarida, Ozarbayjon, Eron, Iroq, Qrim, Volga qirgʻoqlari va turkmanlar orasida hamda Oq dengiz qirgʻoqlaridan Koshgʻargacha barcha markazlarda uning asarlari oʻrganildi. Faqatgina usmonli jugʻrofiyasida emas, balki Eronda Safaviylar saroylarida, Hindistondagi Boburiylar saroylarida ham uning asarlari oʻqildi, sheʼrlariga naziralar yozildi.

Turk adabiyoti tarixi mutaxassislari Navoiy ijodining usmonli turk shoirlari, dostonnavislari ijodiga taʼsiri XV asrning oxirgi choragidan boshlangan, degan xulosaga keladilar. Navoiyning asarlarining XV asrdan boshlab turk adabiyoti taraqqiyoti uchun asosiy namuna boʻlganligi haqida gapirganda, turkiyshunos V.S.Garbuzovaning quyidagi fikrini keltirish maqsadga muvofiq sanaladi: “Ulugʻ oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlaridagi insonni ulugʻlash, gumanizm va vatanparvarlik gʻoyalari, doʻstlik va birodarlik taronalari shu davrdagi turk qalam sohiblarining eʼtiborini oʻziga tortdi”.

Markaziy Osiyo shoirlarining usmonli turk sheʼriyatiga taʼsiri XV asrning I yarmida boshlangan edi. Markaziy Osiyolik shoirlarning usmonli davlatiga yetib borgan dastlabki sheʼrlari fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning masnaviylari hisoblanadi.

Maʼlumki, Sulton Mahmud II Jomiy sheʼrlari bilan avvaldan tanish edi. Shuningdek, Ahmad Posho ham Nizomiy, Jomiy kabi ulkan soʻz sanʼatkorlari ijodi bilan tanish boʻlgan. Lekin Navoiyning gʻazallari uning ijodiga juda katta taʼsir koʻrsatadi.

Alisher Navoiy asarlarining gʻoyaviy-badiiy taʼsiri nafaqat Markaziy Osiyo, balki Yevropada yashovchi turkiyzabon xalqlar ijodida ham oʻz ifodasini topgan. Turkshunos olimlarning fikricha, XV asrning oxirgi choragidan boshlangan bu jarayon turk adabiyotining lirik va liro-epik taraqqiyoti uchun namuna vazifasini bajargan hodisadir.

Alisher Navoiyning sheʼrlari yozilgan yillardan boshlab ham Markaziy Osiyoda, ham usmonli turk davlatida koʻp shuhrat qozonadi. Uning sheʼrlari shoir hayotlik chogʻidayoq usmonli shoirlarining eʼtiborini tortib, ularga nazira yozish anʼana tusiga kira boshlaydi.

Turkiy adabiyotning eng buyuk shoiri boʻlgan Alisher Navoiyning Onadoʻlida shakllangan turk adabiyotiga taʼsiri eski va yangi manbalarda tez-tez tilga olinadi. Maʼlumki, Navoiyning usmonli turk adabiyotiga taʼsiri XX asrda yangidan oʻrganila boshlandi va dastlab Nomiq Kamol, Gibb, Brovne, soʻngra esa, Fuod Koʻprulu, Ali Nihad Tarlan, prof. Mustafa Eson, prof. Jamol Kurnaz, prof. Tahir Uzgoʻr, Eleazar Birnbaum va Sigrid Kleynmishel kabi tadqiqotchilar tomonidan qayta qalamga olindi.

Mumtoz turk adabiyotshunosligida Alisher Navoiyning Onadoʻli shoirlariga koʻrsatgan taʼsirini quyidagi manbalar tahlilidan yaqqol sezish mumkin: 1) Shuaro tazkiralari; 2) nazira majmualari; 3) XV-XVI asr shoirlarining sheʼrlari.

XVI asr tazkiralarida Alisher Navoiyning oʻziga xos uslubi bilan koʻplab usmonli turk shoirlarini taʼsirlantirganligi bot-bot takrorlanadi. Jumladan, Hofizi Ajam va Muhyiyning «Navoiy tarziga yaqin xushoyanda guftori» boʻlganligi, Shohiyi Sharqiyning “Navoiy tarzi”ni eslatishi, Jamiliyning “Aksar ashʼorining Navoiy tarzida” ekanligi, Shuhudiy, Saboiy, Zoyiiy va Zuhdiyning “Navoiyda mohir” boʻlganligi, Gʻiyosiy va Ulumiyning “Tarzi Navoiyda jahd” koʻrsatganligi qayd etiladi.

Turk olimi Yusuf Chetindagʻ XVI asr tazkiranavislarining bildirgan fikrlari va devon tahlillaridan chiqargan xulosalariga koʻra, XV-XVI asrda Onadoʻlida Alisher Navoiy sheʼrlarini bevosita yoki bilvosita tanzir etgan shoirlar soni 70 ga yaqin, degan toʻxtamga keladi.

XV-XVI asrlarda Onadoʻlida Alisher Navoiyning sheʼrlariga bevosita nazira yozgan, ularning qofiya, radif, mazmun, gʻoya va mavzusidan taʼsirlangan holda gʻazal bitgan shoirlar miqdori 35 ga yaqin boʻlgan. Demak, qolgan 35 ga yaqin shoir esa, vosita sheʼr, yaʼni bilvosita nazira yozgan nozimlar sanaladi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, Navoiyning ajoyib lirikasi turk shoirlariga, ularning ijodiga juda katta taʼsir koʻrsatdi. Buyuk mutafakkir lirikasidagi chuqur falsafiy fikrlar, inson hissiyotiga zoʻr taʼsir qila oladigan yorqin poetik obrazlar va tasviriy vositalar hammaning eʼtiborini oʻziga tortadi. XV asrning oxiri – XVI asr boshlarida keng rivojlangan eng yaxshi turk gʻazallari va qasidalari Navoiy lirikasiga taqlid qilib yaratilgan edi.

Shubhasiz, Navoiy haqida yozilgan asarlar bulardangina iborat emas. Shu bilan birga, Fuod Koʻprulu, Ogoh Sirri Levant, Saʼdiddin Nusʼhat Ergun, Alaiddin Guvsa, Mustafo Eson, Yusuf Chetindagʻ kabi tadqiqotchilarning ham Alisher Navoiy ijodi bilan bogʻliq bir talay ishlari mavjud.

F.Koʻpruluning “Turk tili va adabiyoti haqida tadqiqotlar” nomli kitobida ham “Alisher Navoiy va taʼsirlari” mavzusidagi bir boʻlim bor. Koʻrinib turibdiki, turk madaniyati va adabiyoti uchun bunday muhim shaxs haqida Turkiyada bugunga qadar bir-biridan farqli juda koʻp ishlar qilingan.

Alisher Navoiyning devonlari, dostonlari va falsafiy-badiiy asarlari Turkiyada turli tadqiqotchilar tomonidan tarjima qilinib, nashr ettirilgan.

Shuningdek, Alisher Navoiy haqida usmonli turk tilida koʻplab navoiyshunos olimlar tomonidan turli asar va maqolalarning chop ettirilishi usmonli turklarning Navoiy ijodiyoti, asarlari va shaxsiyatiga boʻlgan yuksak hurmat va ehtiromidan dalolat beradi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, Alisher Navoiy ijodiga nisbatan qiziqish Turkiyada hozir ham shunchalik kuchliki, turk millatiga mansub ilm ahli hatto turli vebsahifa va forumlarda eski oʻzbek adabiy tilining asoschilaridan birining hayoti va ijodiga doir turli maʼlumotlarni yozib, internet sahifalari orqali oʻzaro fikr almashishadi. Jumladan, Ridvan Janimning “Turk madaniyati va adabiyotida Alisher Navoiy tadqiqotlari”, Jenos Ekmanning “Navoiyning ilk devonlari xususida”, Yusuf Chetindagʻning “Usmonli adabiyoti va Navoiy”, “Alisher Navoiy va usmonli podshohlari”, “Alisher Navoiy va turk sheʼriyati tili” kabi maqolalari shular jumlasidandir.

Istanbul Boʻgʻozichi universiteti professori Lola Uluch, Meʼmor Sinon universiteti professori Tanju Seyhanlar ayni paytda yurtimiz navoiyshunoslari bilan hamkorlikda «Alisher Navoiy qoʻlyozmalari butunjahon fehresti»(katalogi)ning Turkiya qoʻlyozmalari qismi ustida ish olib borishmoqda.

Shuningdek, turk olimasi prof. Lola Uluch Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan chop etilayotgan “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlari” nashrlari seriyasi doirasida «Alisher Navoiy asarlarining Istanbul kutubxonalaridagi illyustratsiyali qoʻlyozmalari» nomli kitobini 2018-yili uch tilda nashr qildirdi. Ushbu kitob-albomga Alisher Navoiyning Istanbul kutubxonalarida saqlanuvchi 17 ta qoʻlyozma asari tadqiqi va ilmiy tavsifi, ulardagi miniatyuralar haqidagi maʼlumotlar kiritilgan.

Bundan tashqari, Ogah Sirri Levend tomonidan bundan oltmish yil avval – 1958-yili “Turkiya kutubxonalaridagi Navoiy asarlari qoʻlyozmalari” nomli fehrest (katalog) nashr etilganini ham eʼtirof etish kerak. Unda olim 1958-yilgacha mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida Turkiya Respublikasi kutubxonalarida saqlanuvchi Alisher Navoiy asarlariga ega 90 dan ortiq qoʻlyozmalar tavsifini keltiradi.

Umuman olganda, Alisher Navoiyning hayoti, faoliyati va ijodiyoti mavzusi XV asr oxiri – XVI asr boshlaridan buyon nafaqat usmonli turk adabiyoti, balki dunyo xalqlari olimlari tomonidan ham tadqiq etilib, ular oʻrtasida madaniy va adabiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilib kelmoqda.

Navoiy ijodiga qiziqish dunyo miqyosida katta oʻringa ega. Xususan, Alisher Navoiy asarlari qoʻlyozmalarining Yevropa kutubxonalarida saqlanayotganligi, shuningdek, Sharqning turli mamlakatlarida ham Navoiy asarlari asrlar davomida koʻchirilib tarqalganligi toʻgʻrisida tadqiqotlarda maʼlumotlar berilgan.

Masalan, Fransiyalik olim Mark Toutant hazrat Alisher Navoiyning “Xamsa” asari yuzasidan olib borgan tadqiqotida “Xamsa”ning koʻproq Amerikaning Michigan universiteti va Parij Milliy kutubxonasidagi ikkita qoʻlyozmasiga suyanadi. Amerikaning Michigan universiteti kutubxonasida saqlanayotgan Navoiyning “Xamsa” asari qoʻlyozmasi 1485-yilda, yaʼni bu asar yozib tugallangan vaqtda, Hirotda koʻchirilganligi bilan ahamiyatlidir. Olimlarimiz tomonidan Navoiy asarlari qoʻlyozmalari dunyo boʻyicha 3500 tagacha boʻlishi mumkinligi aytiladi. Bugungi kunda xorijda Navoiy ijodiga oid olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning mualliflari haqida yetarli maʼlumotlarga ega emasmiz.

Bugungi kunda SamDU professori I.K.Mirzayev tashabbusi bilan “Alisher Navoiy” xalqaro elektron jurnali faoliyat olib bormoqda. Bunda nafaqat yurtimiz, balki xorijlik navoiyshunos olimlarning ham bu sohada olib borayotgan ilmiy tadqiqotlari natijalari eʼlon qilib borilmoqda. Hozirda butun dunyo xalqlarining Navoiy hazratlari adabiy merosidan bahramand boʻlishga intilayotgan bir paytda ushbu jurnal ham buyuk bobokalonimiz ijodini targʻib qilish borasida oʻziga xos hissa boʻlib qoʻshiladi, degan umiddamiz.

Roxila Ruzmanova,

Sharof Rashidov nomidagi 

Samarqand Davlat universiteti dotsenti

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alisher Navoiy adabiy merosining jahon adabiyotida oʻrganilishi