Hozirgi sinovli kunlarda amalga oshirilayotgan bu ezgu ishlar darz ketgan oilalarga qayta quvonch ulashib, muqaddas oila qoʻrgʻonini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi xodimlari nafaqat ajrashgan oilalarning aliment qarzdorliklarini undirish, balki ularni yarashtirib, farzandlarining bir yoʻla ota-ona bagʻrida kamolga yetishiga yaqindan koʻmaklashmoqda.

– Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimi xodimlari olib borgan tushuntirish ishlari natijasida bir yoʻla ikkita oilani yarashtirishga erishildi, –deydi MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi katta inspektori Q.Tursunov.­ – Jumladan, Fuqarolik ishlari boʻyicha Qoʻmqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2018-yil 17-sentyabrdagi qaroriga asosan M. Rashidova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati yuzasidan uning turmush oʻrtogʻi A.Allamuratov bilan suhbat oʻtkazilib, oilaning muqaddasligi, farzandning bebaho neʼmat ekani, bolalar tarbiyasi va moddiy taʼminotida otaning oʻrni atroflicha tushuntirildi. Natijada er-xotin oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchilikka chek qoʻyilib, ular yarashtirildi. Shuningdek, ikki nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment pulini olib kelgan Ch.Hazratqulova va uning turmush oʻrtogʻi R.Rashidov ham MIB xodimlarining saʼy-harakatlari bilan yarashtirildi.

Ayni paytda mazkur oilalarda farzandlar ota-ona bagʻrida koʻngli togʻdek oʻsib, bir olam orzular bilan ulgʻaymoqda. Er-xotin munosabatlari qayta tiklanib, oilalar yarashganligi sababli qarz undiruvchilarning arizasiga asosan aliment undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlari bekor qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alimentchi otalar farzandlari bagʻriga qaytdi