Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini ta’milash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan joylarda aliment to‘lovchi ishsiz qarzdorlarni ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan birgalikda tashkil etilgan navbatdagi yarmarkada 11 ta korxona, muassasa va tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan 20 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Natijada 5 nafar ishsiz fuqoraning bandligi ta’minlanib, 20 nafariga mehnat munosabatlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri