Aliment puli ajrashish uchun mukofotmi?
"Muammo alimentda emas, muammo alimentgacha boʻlgan davrda, ikki yosh ikki qutb, qizlar betarbiya, yigitlar sabrsiz".
Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi “Maslahat Uz” guruhi foydalanuvchilaridan biri “Ajrashish uchun mukofot boʻlgan alimentni bekor qilishni taklif qilaman. Bolani boqishga qodir boʻlgan taraf asrab olsin!” deya post qoldirilgan.
Ushbu mavzu jamiyatimizdagi eng ogʻriqli nuqtalarda hisoblanadi. Bu muammoni hattoki, hukumat darajasida imkon qadar bartaraf etish uchun harakatlar boʻlmoqda. Jamoatchilikka ham begona boʻlmagan ushbu postga koʻpchilik yurtdoshlarimiz befarq qarashmagan holda oʻzlarining shaxsiy izohlarini qoldirishdi.
Shohista Abdurahmonova:
-Ajrashmaslik uchun avvalo tarbiya oʻchogʻini bolalikdan toʻgʻrilash kerak deguvchilar yoʻqmi?
Gulnoza Yusupova:
-Aliment uchun ajrashishdan boshqa ishi yoʻqmikan u ayolni? Alimentdan voz kechib bolalarini oʻzi boqayotgan gʻururli ayollarimiz ham bor. Otani gʻururi boʻlsa, oʻzi tashlab ketadi yordam pullarini.
Topvoldiyev Hikmatillo:
-Aliment puli ajralishga hech qanaqa sabab boʻla olmaydi . Arzigulik kattaroq summadagi pul boʻlsa ekan, shu sabab ajralish koʻp boʻlmoqda desalar boʻladi. Ajrashishga sababni boshqa tarafdan koʻrish kerak.
Marufxoʻja Bahriddinov:
- Bu baʼzi ayollarga yoqmaydi, lekin zoʻr taklif man qoʻshilaman...
Oilalarda alimentga ajrashib alimentga beradigan darajaga borilganda, sud darrov alimentga qoʻymasdan, avval oilani oʻrgansin MFY bilan hamkorlikda, oilani ajralishiga kim sababchi boʻlyapti ermi yoki xotin, agar er aybdor boʻlsa mayli, alimentga qoʻysin katta qilib, agar ayol aybdor boʻlsa bolani otaga olib berib onani aliment toʻlaydigan qilsin. Bolalarni kelajagini, tarbiyasini ham oʻylash kerak, ota bergan tarbiyani ona berolmaydi, ayniqsa oʻgʻil bolaga, ona berganni ham ota berolmaydi. Meni tushunishim boʻyicha post egasining maqsadi ajrimlarni qaytarish boʻlsa kerak.
Miraziz Mirziyayev:
-Oʻzbekni onasidek ona yoʻq bu dunyoda! Faqat baʼzi shunaqa erkaklar zaif boʻlib ketdi, ketyapti. Turmush «udar»lariga chidolmay «chiyillavoryapti». Bu meni bolam, yoʻq ajrashmayman, chidayman endi oxirigacha deb aytolmayapti.
Abdumalik Halimov:
-Shariatda ayollar uchun mahr belgilangan. Mahrning miqdori oʻsha ayolning rozi boʻlgunicha boʻlgan. Erkak ajrashishga kelganida oʻsha mahr sabab ham baʼzida ajrimdan toʻxtagan, shaʼriy hukm bolani nafaqasi otasini boʻynida boʻlgan, shariat ayollarga yengillik bergan. Kecha bir singlimiz aytganidek musulmonlar ajrashib bolasini onasiga bermagan, mana qanday chiroyli dinimiz bor, unga amal qilish qoldi xolos. Oʻzimizcha yevropacha kiyinib ajrimga kelganida shaʼriy talab qoʻymaylik ayollar!
Ahror Ergashev:
- Menimcha hech qaysi erkak bolasidan tonmaydi, lekin hozir arzimagan narsa uchun birga yashab turib alimentga berayotganlar ham yoʻq emas.
Lobar Xayrullayeva:
- Aliment puli oʻzi arzimas pul. Bolaning bir oyning zaruratiga ham yetmaydi. Qoʻshnim 2 ta yosh bolasi bilan ajrashdi. Biri 4 yosh, biri 1 yarim yosh. Ishlolmaydi. Alimentni ham vaqtida bermaydi eri. Katta oʻgʻlining miyasida kasali bor. Eri umuman qaramaydi. Bechora eri bergan pulni doriga ishlatsinmi, roʻzgʻorgami?
Eʼtibor Roʻzmamatovna:
- Toʻgʻri fikr baʼzi ayollar erkin yashashni xohlab qolishadi va bolasini ham uylamasdan ajrashib yana aliment ham talab qilishadi
Hilolaxon Israilova:
- Fikr toʻgʻrimas. Aliment u bolani haqqi. Hech qaysi ayol bolasini otasiz, koʻngli yarim oʻsishini xohlamasa kerak.
Sherzod Eminov:
- Bola otada qolishni taklif qiling, ajrashish kamayadi. Aliment butunlay yoʻqoladi. Ajrashgan xotin esa oson erga tegib ketadi.
Feruza Rasulova:
- Boʻlmagan taklif. Bundan voz kechishga hech kimni haqqi yoʻq. Chunki aliment bolaning haqqi. Aksincha, alimentni koʻpaytirish taklifini kiritaman!
Abduvosit Valiyev:
- Alimentdan keyin otasi ishga yaramay qolsa, nafaqasi yetmasa, boladan nafaqa aliment talab qilishi mumkin. Otasini juda yomonlab tashlamanglar. Ertaga bolani koʻngli qoladi.
Abdumalik Halimov:
- Muammo alimentda emas, muammo alimentgacha boʻlgan davrda, ikki yosh ikki qutb, qizlar betarbiya, yigitlar sabrsiz. Alloh halol qilgan hukm orasida oʻziga yoqmagani taloq hukmidir, koʻpchilik ota onalarimiz bolalarni yeb ichishini kam qilmaganimizdek tarbiyasiniyam benuqson qilsak shunga yarasha joyiga uzatsak yoki uylantirsak aliment degan narsaga hojat qolmaydi.
Muhokamalarga sabab boʻlgan mazkur taklif ostida, ajrimlar soni kamayishiga, farzandlar nohaq yetim boʻlib qolmasliklariga urgʻu berilgan nazarimda. Statistik maʼlumotlarga koʻra, FHDYO organlarining nikohi bekor qilingan holatlar boʻyicha 2019-yilning oʻzida ajralishlar soni 23000 ga yetgan. Shu davrning oʻzida 195 mingta nikoh qayd etilgan.
Bu kabi holatlarga, er-xotin munosabatlariga aralashuv, uy-joy yetishmasligi masalasi, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning yetishmasligi, xiyonat, zoʻravonlik, hamda ayollarning chet elga ishlashga ketganliklari sababli duch kelinmoqda. Masalaning eng masʼuliyatli tomoni oiladagi tarbiya bilan bogʻliq. Oila qurishni maqsad qilgan yigit va qizga oldidagi asosiy vazifasi, masʼuliyati haqida tushuntirilsa, ularni sabr bardoshli qilib tarbiyalansa yuqorida aytilganidek bu kabi postlarni qoldirishga hojat qolmasdi.

Manija BAHRIYEVA,
jurnalist