Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida “AIF - 2025” xalqaro forumi davom etmoqda. Unda yetakchi siyosatchilar, xalqaro tashkilotlar, korporatsiyalar, sarmoyadorlar, olimlar, jurnalistlar ishtirok etmoqda.

Xalqaro xavfsizlik, energiya va iqlim o‘zgarishi hamda iqtisodiyot va moliya kabi global masalalar muhokamasi qizg‘in davom etayotgan tadbir doirasida sessiyalar, uchrashuvlar, brifinglar tashkil etilmoqda. 

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alibek Quantirov, “Qozoqinvest” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Erjan Yelekeyev, mazkur kompaniya boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Madiyar Sultanbek jurnalistlar bilan uchrashuvda mamlakat yetakchisi Qosim-Jomart Toqayev rahbarligida konstruktiv hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat yuritilayotgani, muloqot ustuvorligi, shuningdek, suveren huquqlarni hurmat qilishga ustuvor ahamiyat berilishi qayd etildi. 

Ostona xalqaro forumi garchi iqtisodiy va zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘liq global masalalarni qamrab olgan bo‘lsa ham uning tub mohiyatida, albatta, do‘stlikka asoslangan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish maqsadi yotibdi. Zero, Ostonadagi Kongress-markazda davom etayotgan yirik anjumanda dunyoning yuzga yaqin davlatidan 6 mingga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda. 

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alibek Quantirov Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamjihatlik davlatlar rahbarlarining siyosiy irodasi natijasi ekaniga e’tibor qaratdi. Mintaqa xalqlari hayotiga daxldor masalalar ham hamkorlik asosida yechimini topib bormoqda. 

O‘zA muxbirining “O‘zbekiston va Qozog‘istonning hamkorlik aloqalarini qanday baholaysiz?”, degan savoliga A.Quantirov ikki davlat o‘rtasida ishonchli hamkorlik aloqalari yuksak darajada ekanini e’tirof etdi. Biz o‘zbek hamkasblarimiz bilan juda yaqin hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. 

“Qozoqinvest” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Erjan Yelekeyev ikki davlat o‘rtasida savdo va investitsiya hamkorligi, shuningdek, sanoat sohasida hamkorlikka oid "yo‘l xaritasi" mavjudligini qayd etdi. 

– O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Investitsiyalarni jalb qilish agentligi bilan muntazam muloqot, yaqin hamkorligimiz mavjud, dedi E.Yelekeyev. – Masalan, kelasi haftada Toshkentda yirik xalqaro forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Biz ham unda ishtirok etamiz. Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida investitsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejasi ham mavjud. Nega men bu masalaga e’tibor qaratayapman? Chunki, Yaponiya, AQSH yoki Yevropa Ittifoqidagi yirik davlatlar Markaziy Osiyoni yaxlit bir mintaqa sifatida ko‘radi. Shuning uchun biz uchun o‘zaro raqobatchi bo‘lish emas, balki birgalikdagi investitsiya loyihalarini ilgari surish faqat foyda keltiradi. Masalan, logistika, konchilik va metallurgiya, avtomobilsozlik sohasida o‘zbek hamkasblarimiz juda faol rivojlanmoqda. Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shma investitsiya yechimlarini ishlab chiqishimiz maqsadga muvofiq. 

– Yaqinda Toshkentda bo‘lib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Laziz Qudratov bilan uchrashib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy natijalarini muhokama qildik, – dedi “Qozoqinvest” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari Madiyar Sultanbek. – Shu o‘rinda bir misol keltirsam, o‘tgan yilning o‘zida Qozog‘istonda faoliyat yurituvchi o‘zbekistonlik kompaniyalar soni 19 foizga oshdi. Bu kompaniyalar yoki to‘liq o‘zbek kapitaliga yoki qo‘shma o‘zbek-qozoq kapitaliga ega. Hozirgi kunda ular soni 3,3 mingga yetdi. Bu esa, o‘zbek biznesining mamlakatimizga bo‘lgan katta qiziqishini ko‘rsatadi.

Bo‘lajak Toshkent forumi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorligimizni yanada mustahkamlash niyatidamiz. 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Toshkent – Ostona

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Alibek Quantirov: O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ishonchli hamkorlik aloqalari yuksak darajada