Alessandro del Pyero va Italiya futbol federatsiyasi o‘rtasida muzokaralar boshlandi
"Yuventus"ning afsonaviy sobiq hujumchisi Alessandro del Pyero Italiya futbol federatsiyasida lavozim egallashi mumkin.
51 yoshli sobiq futbolchi iyun oyidayoq o‘z vazifasini bajarishga kirishishi mumkin, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira. "Keksa sinyora" afsonasi aynan qaysi lavozimga da’vogarlik qilayotganiga hozircha aniqlik kiritilmagan, biroq muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Italiya terma jamoasidagi o‘z lavozimlarini bosh murabbiy Jennaro Gattuzo va delegatsiya rahbari Janluijji Buffon tark etgan edi. "Skuadra adzurra" pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, JCh-2026 yo‘llanmasidan quruq qolgan.