Albaniya Prezidenti Imom Buxoriy majmuasida hayratlandi
Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Samarqand bilan tanishuvni Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan buyuk muhaddis bobomizning Islom olamida tutgan nufuziga mos tarzda yangidan bunyod etilgan majmuaning ulug‘vorligi va bu yerdagi tarbyaviy-ma’naviy muhit oliy martabali mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, Imom Buxoriy hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi innovatsion muzeyni Albaniya yetakchisi hayrat bilan tomosha qildi.
[gallery-29977]
– Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi O‘zbekistonning eng bebaho boyliklaridan biri. Shu bilan birga bu maskan dunyo musulmonlari talpinadigan muqaddas ziyoratgoh. O‘zbekistonga tashrifim davomida menga ham bu qadamjoni ziyorat qilish baxti nasib etganidan xursandman, – dedi Albaniya Prezidenti Bayram Begay.
G‘. HASANOV, A. ISROILOV (surat), O‘zA