Surxon vohasida ilm-fan tamadduniga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalardan biri, bobokalonimiz Al-Hakim at-Termiziy qabri joylashgan.

So‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh Al-Hakim at-Termiziy (824-892)  hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim bo‘lgan.  

Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi xonaqoh hujralaridan biriga qurilgan. Alloma bu yerda murid-shogirdlari va boshqa darveshlarni qabul qilgan, ular bilan suhbatlashgan. Vafot etgach, shu xonaqohda dafn qilingan.

[gallery-23849]

Majmua tarkibiga masjid, maqbara, xonaqo, Qur’on o‘qish xonasi kiradi. XI asrda donishmandning qabri ustida maqbara qad rostlagan bo‘lib, uning yonida chillaxona bo‘lgan. Majmuaning umumiy maydoni 28 ga 29 metr, maqbaraning o‘zi esa 5,10 ga 4,70 metrni tashkil etadi. Rivoyatlarga ko‘ra, at-Termiziy xom g‘ishtdan qurilgan xonaqohda yashagan va dars bergan.  

Temuriylar davrida bino qayta ta’mirlangan. Yangi maqbara barpo etilib, yangi marmar qabr tosh o‘rnatildi. Maqbara tepasida gumbaz qurilgan bo‘lib, binoning ichki qismi juda hashamatli bezaklarga ega. Bino ganch naqshlari bilan bezatilgan, uning tashqi devorlarida g‘ishtli oltita tasvir o‘yib ishlangan. Maqbara yonida masjid bor. Masjid uchta gumbazli. Masjidning g‘arbiy devori o‘rtasida keng bo‘rtiqli bezak o‘rnatilgan. Masjid ustunlari naqshli g‘ishtlardan qurilgan.  

2001 yilda Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlash uchun maqbara ko‘rinishi deyarli to‘liq tiklanib, ilk ko‘rinishga ega bo‘ldi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/qCz3_-CE-Sw?si=jTnqcQykOHIoWlvB" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Al-Hakim At-Termiziy majmuasidan fotoreportaj