Aksiyada mashhurlar ham ishtirok etdi
Mutaxassislarning fikricha, bundan 50-100 ming yil oldin yashagan odamlarning oʻlimiga asosan yiqilish oqibatida olingan jarohatlar, koʻpincha suyak sinishi sabab boʻlgan ekan.
Mutaxassislarning fikricha, bundan 50-100 ming yil oldin yashagan odamlarning oʻlimiga asosan yiqilish oqibatida olingan jarohatlar, koʻpincha suyak sinishi sabab boʻlgan ekan.
Bugunchi?
Hozirda kishilar oʻrtasidagi oʻlim va nogironlik sabablari chuqur oʻrganilganda yoʻl transport hodisalari oʻlim xavfi boʻyicha oʻta xavfli kasalliklardan ham yuqori turar ekan.
Bunga chek qoʻyish vaqti keldi.
Ana shu maqsadda bugun Toshkent shahrining Baynalmilal koʻchasidan Qozirabot aylanmasi boʻylab Gulxaniy va Muqimiy koʻchasigacha boʻlgan masofada “Avtomobilsiz kun“ aksiyasi tashkil etildi. Aksiya ishtirokchilari velosipedda koʻcha aylandilar.
Ular kimlar?
Aksiya ishtirokchilari orasida 18 yoshdagi navqiron yigitni ham 81 yoshli otaxonni ham uchratdik.
Oʻzini tanishtirgan otaxon koʻrinishidan 70 ni qoralaganga oʻxshaydi. Aslida 83 yoshda ekan.
– Haftasiga uch kun 80 kilometrdan 100 kilometrgacha boʻlgan masofada velosiped haydayman, – deydi tabassum bilan Viktor Ivanov. – Biz toʻrt oʻrtoq shu tariqa oʻzimiz uchun sogʻlom turmush tarzini taʼminlaymiz. Yoshlar ham bizdan oʻrnak olsa va bizga qoʻshilsa, zoʻr boʻladi.
Ishtirokchilar orasida IIV Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi vakillari ham borligi, ayniqsa quvonarli.
– Biz Toshkent shahridagi Yashnobod, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek tumanlaridagi koʻchalarga qaraymiz, – deydi 1-batalon komandiri oʻrinbosari, mayor Tohir Qosimov. – Boshqalarga oʻrnak boʻlish, fuqaro kiyimida velosiped haydab chiqdim. Xodimlarimga shaxsiy namuna koʻrsatmoqchiman.
– Bugungi tadbirda shahrimiz havosini toza boʻlishiga oz boʻlsa-da hissa qoʻshish istagidagilar toʻplanishgan, – deydi 4-batalon komandiri oʻrinbosari, kapitan Doston Rustamov. – Olimlar turli yoqilgʻilar tufayli bir kunda atmosferaga 17 ming tonna uglevod chiqarilishini aytmoqda. Bu inson salomatligiga salbiy taʼsir qiladi. Kelinglar, safimizga qoʻshilib, havoni tozalashga oz boʻlsa-da hissa qoʻshinglar.
Ha, qani edi, har oyning uchinchi haftasida muntazam oʻtkazilishi moʻljallanayotgan “Avtomobilsiz kun“ aksiyasi kunlari tashkilot va idoralar rahbarlari ham haydovchilariga ruxsat berib, yayov yursa. Shunda ular xalqqa yanada yaqinlashgan boʻlisharmidi?
Qayd etish joizki, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, Ispaniya va Rossiya kabi oltmishdan ziyod davlatda bu kabi aksiyalarni oʻtkazish anʼanaga aylangan.
Aksiyada ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat ulashish va koʻllab-quvvatlash maqsadida taniqli qiziqchi V.Shamsiyev va bir qator xonandalar oʻz sanʼatini namoyish etdi.