Akramov Mirmuxsin Rustamovichning psixologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Shaxsda ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari» mavzusida
Akramov Mirmuxsin Rustamovichning 19.00.01 – Psixologiya tarixi va nazariyasi. Shaxs psixologiyasi. Umumiy psixologiya ixtisosligi bo‘yicha «Shaxsda ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari» mavzusidagi psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2022 yil 10 dekabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
ye-mail: kengash@edu.uz