15-16 sentyabr kunlari Samarqandda muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston raisligida SHHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Bo‘lajak sammitning alohida xususiyati shundaki, anjumanda ilk bor keng doiradagi ishtirokchilar, 15 davlat rahbarlari, ya’ni SHHTga a’zo barcha mamlakatlar yetakchilari, kuzatuvchi davlatlar (Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston), shuningdek Turkiya, Turkmaniston, Ozarbayjon Prezidentlari, Armaniston Bosh vaziri, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misrdan yuqori darajadagi vakillar qatnashadi.

30 dan ziyod, jumladan, konseptual va strategik xususiyatga ega qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilayotgan sermazmun kun tartibi Sammitning yana bir o‘ziga xos tomonini belgilaydi. Bu ham tashkilot tarixida hali kuzatilmagan voqelik.

Ko‘tariladigan masalalar orasida SHHTga a’zo mamlakatlar o‘zaro bog‘liqligini rivojlantirish va samarali transpot yo‘laklarini yaratish konsepsiyasi, “aqlli” qishloq xo‘jaligi va agroinnovatsiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlatish bo‘yicha hamkorlik dasturi, infratizimni rivojlantirish, sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish, raqamli savodxonlikni oshirish va hududlar aro savdoni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasi, yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash bo‘yich “yo‘l xaritalari”ni qayd etish mumkin.

SHHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomasi bandlarini amalga oshirish bo‘yicha 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasi, shuningdek SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining iqlim o‘zgarishiga munosib javob berish bo‘yicha Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi alohida e’tiborga loyiq.

Ushbu hujjatlar ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab berish barobarida, a’zo davlatlar sa’y-harakatini birlashtirish va bugungi kunda xalqaro hamjamiyat oldida turgan chaqiriqlarga birgalikda javob berishga qaratilgan.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va Sammitning xalqaro tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha kun tartibi dolzarbligini ko‘rsatuvchi yana bir omil shuki, anjumanda birinchi marta  BMT, BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va siyosiy komissiyasi, YUNESKO, MDH, KXSHT, YeOII, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralarini kuchaytirish kengashi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, ASEAN, Arab davlatlari ligasi kabi ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.

O‘zbekiston tomonidan ko‘plab mamlakatlar, qolaversa, hududga kirmaydigan davlatlar manfaatini ilgari suruvchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning Samarqandga taklif etilishi, ushbu qarorlarni SHHT tarkibidagi barcha davlatlar qo‘llab-quvvatlashi jahonda kuchayib borayotgan ishonchsizlikni bartaraf etish, xalqaro munosabatlarni konstruktiv rivojlanish yo‘nalishiga burish va barchaning manfaatlariga javob beradigan xavfsizlik, barqarorlik va taraqqiyotga sezilarli turtki beradigan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyatining ko‘p tomonlama muloqot uchun samarali platforma yaratish yo‘lidagi qat’iy intilishini anglatadi. 

Darhaqiqat, Samarqand sammiti xalqaro munosabatlar tizimiga bo‘lgan ishonchni tiklashga muhim hissa qo‘shishi, davlatlar aro va ko‘p tomonlama hamkorlikning muloqot va o‘zaro tushunishga asoslangan yangi bosqichga ko‘tarilish uchun o‘ziga xos boshlang‘ich nuqtaga aylanishi kutilyapti.

Shu bilan birga xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bo‘lajak sammitda ishtirok etishga tayyorligi, SHHTning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni tan olinishidan, ko‘p tomonlama hamkorlikning samarali mexanizmi va xalqaro kun tartibidagi masalalarni hal etishda muhim sherik sifatidagi nufuzi sezilarli darajada oshganidan dalolat. Shubhasiz, bu ko‘p tomonlama muloqotni yo‘lga qo‘yish, global va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarga o‘zaro maqbul yechimlarni birgalikda izlash borasida ishonchli vositachi sifatida harakat qila oladigan O‘zbekistonga nisbatan yuksak ishonch ifodasidir.

bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan pragmatik, konstruktiv, muvozanatli va tashabbuskor tashqi siyosat tufayli Markaziy Osiyo tarixan qisqa davrda yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va o‘zaro manfaatli hamkorlik mintaqasiga aylanib, O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro muammolarni yechishga ulkan hissa ko‘shuvchi davlat sifatida qabul qilinishi qat’iy mustahkamlandi.

SHHT sammiti keng ko‘lamda, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarni jalb etgan holda, kengaytirilgan tarkibda tashkil etilishi ham O‘zbekistonning ochiq tashqi siyosat yuritish, xalqaro hamjamiyat bilan har tomonlama inklyuziv muloqotni davom ettirish va rivojlantirish tarafdori ekanligidan darak beradi.

O‘zbekiston bu masalada doim izchillik ko‘rsatib kelgan. Toshkent tashabbusi bilan SHHTning ta’sis hujjatlarida, xususan, Deklaratsiyasi va Nizomida tashkilotning ochiqligi, xalqaro tashkilotlar bilan aloqani rivojlantirish asosiy maqsadlar qatorida belgilandi. 2004 yil - O‘zbekistonning SHHTga birinchi raisligi yilida tashkilotning boshqa xalqaro tuzilmalar bilan hamkorligini kengaytirish bo‘yicha qaror qabul kilindi.

Ko‘p tomonlama tuzilmalar bilan aloqani rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalish shu yili O‘zbekiston tashabbusi bilan SHHTning BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomini olishi bilan mustahkamlandi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning SHHT sammiti arafasida e’lon qilingan “SHHTning Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” maqolasida davlatimiz rahbarining xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar davlatlar aro hamkorlikning eng muhim vositachisi bo‘lib xizmat qilishini, mamlakatlarga o‘zaro kelishmovchiliklarni yengib o‘tish va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sotiqni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuvni rag‘batlantirishga yordam berishini qayd etgani bejiz emas.

Shu ma’noda O‘zbekiston tomonining bo‘lajak sammit davomida BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, YUNESKO, Arab davlatlari ligasi kabi tashkilotlar bilan sheriklik munosabatini rasmiylashtirish bo‘yicha tashabbusi SHHTga a’zo davlatlar oldida turgan dolzarb masalalarni hal etishda xalqaro tashkilotlar salohiyatidan foydalanish borasidagi sa’y-harakatning mantiqiy davomidir.

Qolaversa, bu SHHTning ochiqlik tamoyiliga sodiq qolayotgani, bloklardan xoli ekani va faoliyati uchinchi davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmaganini yana bir bor isbotladi.

Shu nuqtai nazardan Toshkent SHHT bundan keyin ham keng xalqaro hamkorlik uchun ochiqligini davom ettirishi, siyosiy qarama-qarshilik va konfrontatsion raqobatga yo‘l qo‘ymasligi, yaxshi qo‘shnichilik, tenglik va o‘zaro hurmat tamoyiliga amal qilishi, davlatlarning ichki ishiga aralashmasligi, oqilona murosaga asoslangan o‘zaro maqbul konsensus yechim izlashi lozimligini qayd etadi. 

Boshqa ko‘p tomonlama hamkorlik institutlari samaradorligi pasayib borayotgan bir sharoitda SHHTning ushbu tamoyillarga e’tibor qaratishi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar tomonidan SHHT bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirishga qiziqish ortib borishiga asosiy sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, SHHTning boshqa davlatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar uchun jozibadorligi quyidagi omillar bilan ham belgilanadi. 

Birinchidan, SHHTning Yevroosiyo makonida xavfsizlik 
va barqaror rivojlanish arxitekturasini qo‘llab-quvvatlovchi tuzilma sifatida roli o‘sib borayotgani, jahon tartiboti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar tranformatsiyasida muhim omilga aylanayotgani tan olinmoqda. bugungi kunda Yevroosiyo hududining 2/3 qismi, dunyo aholisining 50 foizi (3.4 milliard), jahon YAIMning 20 foizi, yerdagi mavjud tabiiy gaz zaxirasining 50.1 foizi, global miqyosda chorvachilik va o‘simlik dunyosining 40 foizdan ko‘prog‘i SHHT hissasiga to‘g‘ri keladi. Tuzilma ulkan inson resursiga, intellektual va texnologik intellektual salohiyatga ega.

Ko‘plab davlatlar va ko‘p tomonlama tashkilotlar yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash, SHHTning geografik yadrosi hisoblangan Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish makonini shakllantirish bo‘yicha ijobiy jarayonning faol ishtirokchisi, benefitsiari bo‘lishga intilmoqda.

Ikkinchidan, SHHTning dolzarb global, jumladan, xavfsizlik, iqtisodiyot, savdo, sanoat, oziq-ovqat, ekologiya 
va sog‘liqni saqlash sohalaridagi muammolarni hal etish maqsadida barcha tomonlar bilan konstruktiv, o‘zaro manfaatli aloqa o‘rnatish borasidagi yondashuvi qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bu savdo va sarmoyaviy aloqa uzilishiga, oziq-ovqat va energiya xavfsizligi muammolari keskinlashishiga olib kelayotgan, global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarni hal etishda o‘zaro hamkorlik darajasini pasaytirayotgan, tabiiy va suv resurslari yetishmasligi, biologik xilma-xillik kamayishi, xavfli kasalliklar tarqalishiga sabab bo‘layotgan, global darajada geosiyosiy raqobat va qarama-qarshilik keltirib chiqarayotgan chuqur ishonchsizlik davrida muhim axamiyatga ega.

Aynan konstruktivlik, barchaning manfaatini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan ko‘p tomonlama hamkorlikkina ushbu masalalarni yechishga hissa qo‘shishi mumkin, bu muammolarni alohida hal etib bo‘lmaydi.

Ushbu tamoyilga amal qilgan holda, SHHT so‘nggi yillarda hamkor tashkilotlar tarmog‘ini sezilarli darajada kengaytirdi, ko‘plab masalalarni hal etishda xalqaro tashkilotlar bilan samarali ish olib bormoqda. Jumladan, SHHT BMTning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi hamda Narkotik va jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi, KXSHT bilan yuqoridagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilmoqda, YUNIDO, YUNKTAD, MDH, YeOII, ASEAN kabi tuzilmalar bilan savdo, transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi, BMTning FAO tuzilmasi bilan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlik qilib kelmoqda.

Uchinchidan, SHHTning o‘ziga xos xususiyati – tashkilot faoliyatida g‘oyaviy tor fikr yo‘qligi, umuminsoniy qadriyatlarga, umum e’tirof etilgan me’yorlarga rioya qilish va barcha manfaatdor tomonlar bilan pragmatik munosabat o‘rnatish orqali aniq natijaga erishishga qaratilgani bilan bog‘liq.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yuqorida qayd etilgan maqolada ta’kidlaganidek, SHHT turli madaniy va sivilizatsion kodlarga, o‘z tashqi siyosati yo‘nalishlariga va milliy rivojlanish modellariga ega mamlakatlarni birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan noyob davlatlararo tuzilma hisoblanadi. SHHT muvaffaqiyati konsepsiyasi – mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash orqali ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

To‘rtinchidan, SHHTning ko‘p tomonlama hamkorligi rivojlanishi xalqaro hamjamiyat tomonidan global o‘zaro bog‘liqlik tan olinishi, xalqaro tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish muammolarini hal etishdagi umumiy mas’uliyat his etilishi bilan belgilanadi.

Umuman, bugungi kunda SHHT jadal rivojlanayotgan xalqaro tashkilot sifatida namoyon bo‘lib, global strategik barqarorlikni ta’minlash tizimining muhim tarkibiy qismiga aylanib, o‘z taraqqiyotining yangi, yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘ymoqda.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik tarmog‘i kengayib borayotgani SHHTning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim roli tan olinayotganidan, tashkilotning ochiqlik, global xavf va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, barqaror taraqqiyotga erishishda muqobili yo‘q ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmasi ekanidan dalolatdir.

Bundan tashqari, xalqaro vaziyat tobora keskinlashib borayotgan va tahdidlar kuchayib borayotgan hamda xavf-xatarlarga qarshi turuvchi mexanizmlar zaiflashayotgan bir davrda SHHTning xalqaro maydonda global iqtisodiy rivojlanish drayverlaridan biri va dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilot sifatidagi nufuzi oshishiga, jahon hamjamiyati oldida turgan chaqiriqlarga birgalikdagi samarali javob izlash uchun ko‘p tomonlama tuzilmalar o‘rtasida hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish yanada dolzarblashishiga shubha yo‘q.

Shu bilan birga SHHTning o‘zaro ishonch, umumiy manfaat, tenglik, maslahatlashuv, madaniyatlar xilma-xilligini hurmat qilish, birgalikda rivojlanish istagiga asoslangan “Shanxay ruhi”ga sodiqligini saqlab qolish hamda SHHT Xartiyasi tamoyiliga qat’iy rioya qilish, bloklardan xoli maqom, ochiqlik, uchinchi davlatlarga yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi turmaslik, barcha ishtirokchilar teng huquqliligi va suverenitetini hurmat qilishni kafolatlash ayni jarayon izchil va barqaror rivojlanishining asosiy shartidir. 

Faqat shu yo‘l bilan, O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, “SHHT tinchlik, hamkorlik va taraqqiyot yo‘lida birlashishga, ayirmachilik unsuridan xoli bo‘lgan jozibador makonga aylanishi” mumkin. 

"Shanxay ruhi"ga asoslangan hamkorlikning tasdiqlangan tamoyiliga asoslanib, a’zo davlatlar ko‘p tomonlama institutlar bilan birga zamonaviy sharoitda ko‘p qirrali sheriklikning yangi asosiy yo‘nalishlarini belgilashi mumkin. Shu bilan birga dunyoda paydo bo‘layotgan yangi reallikni hisobga olgan holda mintaqaviy va xalqaro hamkorlikning dolzarb muammolarini hal qilishda SHHTning ulkan salohiyatini to‘liq ochib berish va barqarorlashtiruvchi rolini oshirish uchun kun tartibini yangilashning aniq istiqbolini belgilash lozim.

Shu nuqtai nazardan Samarqand sammiti va anjumanda ilgari suriladigan O‘zbekistonning yangi tashabbuslari tarixiy rol o‘ynaydi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar imkoniyatidan foydalanish belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim omildir.

Yoki O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘zlari bilan xulosa qiladigan bo‘lsak, “samarali xalqaro hamkorlik dunyoni barqaror, ishonchli va farovon qiladi. Aynan shunday yondashuv zamonamizning dolzarb muammolarini bahamjihat hal etish, yangi xavf-xatar va ijtimoiy larzalardan himoyalanish uchun eng aniq, maqbul va samarali yo‘l hisoblanadi.

Akramjon NE’MATOV, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

direktorining birinchi o‘rinbosari 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Akramjon NE’MATOV: SHHT- ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha muqobili yo‘q tuzilma