Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Tijorat banklari samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash yo‘nalishlari mavzusida.
Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘lining 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha “Tijorat banklari samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillarni baholash yo‘nalishlari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Tashkent International University huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.30.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15-avgust kuni soat 12:00 majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100114, Toshkent shahar, Kichik xalqa yo‘li 7-uy.
Tel.: +998 95 131-55-55
e-mail: info@tiu.uz