Akbar Jörayev Ninbodagi jahon çempionatida uçta oltin medalni qölga kiritdi
Xitoyning Ninbo şahrida oğir atletika böyiça ötkazilayotgan jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Akbar Jörayev uçta oltin medalni qölga kiritdi.
Çempionatniyeg -110 kilogramm vazn toifasida iştirok etgan hamyurtimiz dast kötariş maşqida 198 kilogramm natija qayd etib, jahon rekordini yangiladi. Siltab kötarişda 234 kilogramm natija körsatgan sportçimiz ikki kuraş yakunlariga köra 432 kilogramm natija bilan yana bir jahon rekordini örnatdi.
Qayd etiş joiz, dast kötarişdagi avvalgi 197 kilogrammlik rekord ham Jörayevga tegişli bölib, u bu natijani 2026-yilgi Osiyo öyinlarida qayd etgan edi. Ikki kuraşdagi avvalgi rekord — 428 kilogramm natija esa 2025-yil oktabr oyida Norvegiyaning Fyorde şahrida ötkazilgan jahon çempionatida örnatilgan.
Olimpiya qömitasi maʼlumotiga köra, Ninbodagi jahon çempionati 2028-yil Los-Anjeles Olimpiya öyinlari uçun reyting oçkolarini taqdim etadi. Ikki jahon rekordini yangilagan Akbar Jörayev qöşimça bonus oçkolariga ham ega böldi.
Maʼlumot uçun, Akbar Jörayev Tokio-2020 Olimpiya öyinlari ğolibi, Parij-2024 Olimpiadasi kumuş medali sohibi, ikki karra Osiyo çempioni va Osiyo öyinlari ğolibidir. Ninbodagi ğalabasi bilan u jahon çempionatlaridagi oltin medallari sonini törttaga yetkazdi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA