Akademiklar yoshlar bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatidagi Prezident maktabida akademiklar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ochib bergan Namangan davlat texnika universiteti matbuot kotibi Azizbek Abduvaliyev mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida so‘z yuritdi.
Uchrashuvda Fanlar akademiyasi prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Shavkat Ayupov hamda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev yoshlar bilan muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.
[gallery-23692]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA